Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda odamsimon robot ilk bor universitetga qabul qilindi
Xueba ismli robot Shanxay teatr akademiyasida to‘rt yil ta’lim oladi, so‘ngra, boshqa talabalar kabi dissertatsiya yozadi.
Foto: SCMP
Oliy ta’lim tarixida birinchi marta Xitoyning yetakchi universitetlaridan birining aspiranturasiga odamsimon robot qabul qilindi va bu ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bu haqda South China Morning Post (SCMP) xabar berdi.
Xueba (xitoy tilidan tarjima qilinganda «a’lochi» degan ma’noni anglatadi) ismli robot Shanxay teatr akademiyasida to‘rt yil davomida teatr, kino va Xitoy operasini o‘rganadigan bo‘ldi. Shundan so‘ng robot boshqa talabalar kabi dissertatsiya yozadi.
Robot tashqi ko‘rinishidan boshqa talabalardan unchalik farq qilmaydi. Xueba odamlar bilan muloqot qila oladi va yuz mimikasi orqali his-tuyg‘ularini ifodalay oladi. Xueba o‘zini «sun’iy intellektga ega san’atkor» deb ataydi.
Voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng munozaralarga sabab bo‘ldi. Ba’zilar xursand bo‘ldi: ularning fikricha, Xueba inson va robot o‘rtasidagi munosabatlarda muhim vazifani o‘z zimmasiga oladi. Boshqalar esa, aksincha, loyihaga shubha bilan qaradi. Foydalanuvchilardan birining yozishicha, «san’atga hayotiy tajriba kerak, robotning algoritm bilan boshqariladigan ijodi esa bunga erisholmaydi».
«Xitoydagi ba’zi aspirantlar hali ham oyiga 3000 yuandan (420 dollar) kam maosh oladi. Bu robot haqiqiy talabalar uchun mo‘ljallangan juda ko‘p resurslarni olib qo‘ymaydimi?», deb so‘radi boshqasi.
Mavzuga oid
15:21 / 22.12.2025
Xitoy noyabrda Rossiyadan rekord miqdorda oltin sotib oldi
07:59 / 22.12.2025
Star Wars’ga o‘xshash Phantom: AQShdagi yangi harbiy humanoid loyiha
18:22 / 20.12.2025
Xitoydan olib kelingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari chegarada ushlab qolinayotganiga izoh berildi
07:52 / 20.12.2025