Jahon | 10:57 / 02.08.2025
4493
2 daqiqa o‘qiladi

Hindiston davlat neftni qayta ishlash zavodlari Rossiyadan neft sotib olishni to‘xtatdi

Hindiston davlat neftni qayta ishlash zavodlari Trampning qo‘shimcha bojlar kiritish tahdidi fonida Rossiya neftini xarid qilishni to‘xtatdi. Rejaga ko‘ra, Rossiya nefti G‘arbiy Afrika va Yaqin Sharqdan yetkazib berish bilan almashtiriladi.

Foto: AP

Hindistondagi to‘rtta davlat neftni qayta ishlash zavodi Rossiya neftini xarid qilishni to‘xtatdi. Qaror nafaqat yonilg‘iga chegirmalarni qisqartirish, balki AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiyadan energiya resurslarini sotib olish uchun davlatlarga qo‘shimcha bojlar joriy etish tahdidi bilan ham bog‘liq.

Hafta davomida Rossiya neftini muntazam ravishda sotib olgan Indian Oil, Hindustan Petroleum, Bharat Petroleum i Mangalore Refinery Petrochemical kompaniyalari uni sotib olishga qiziqish bilmadi, dedi Reuters agentligiga sanoatdagi to‘rt manba. Ular Rossiyadan yetkazib berilayotgan mahsulotlarni G‘arbiy Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlari (xususan, BAA) mahsulotlari bilan almashtirmoqchi.

Shu bilan birga, Hindistonda Rossiya neftining eng yirik xaridorlari Reliance Industries va Nayara Energy xususiy neftni qayta ishlash zavodlaridir. Ammo Hindistonda neftni qayta ishlash quvvatlarining 60 foizdan ortig‘ini davlat kompaniyalari nazorat qiladi.

14 iyul kuni Oq uyda NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan muzokaralar chog‘ida Tramp agar yaqin 50 kun ichida (2 sentabrgacha) Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha kelishuvga erishilmasa, AQSh rasmiylari Rossiyaning savdo hamkorlariga nisbatan 100 foizlik ikkilamchi bojlar joriy etishini aytdi. 29 iyul kuni u bu muddatni 10 kunga qisqartirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid