Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jurnalistlar Ukrainada 121 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lganini tasdiqladi
2025 yilning 18 iyulidan 1 avgustigacha bo‘lgan davrda Ukrainadagi urushda halok bo‘lgan, ism-shariflari aniqlangan rossiyalik harbiy xizmatchilar ro‘yxati 2300 dan ortiq kishiga ko‘paydi.
Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan beri ushbu urushda kamida 121 507 rossiyalik harbiy halok bo‘ldi, ularning ismlarini "Mediazona" va Britaniyaning BBC rus xizmati jurnalistlari ko‘ngillilar jamoasi bilan birgalikda aniqladi. Oxirgi ma’lumotlar 1 avgust, juma kuni "Mediazona" tomonidan taqdim etilgan. 18 iyuldan beri ochiq manbalardan yana 2353 ta ism aniqlangan.
"Mediazona" veb-saytidagi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, eng ko‘p halok bo‘lganlar Boshqirdiston (5 889 kishi), Tatariston (5 565), Yekaterinburg (4 377) va Chelyabinsk (3 649) aholisi bo‘lgan. Halok bo‘lganlarning 27,3 foizi (33 152 kishi) ko‘ngillilar, 14,8 foizi (17 964 nafar) mahkumlar va 11 foizi (13 356 nafar) safarbar qilinganlar. Eng yirik yosh guruhlari 33-35 (11 794 kishi), 36-38 (11 614), 39-41 (10 625) va 30-32 (10 366) bo‘lgan. Ukrainada Rossiya armiyasi va boshqa xavfsizlik kuchlarining 5432 zobiti, jumladan, 12 general halok bo‘lgan.
Jurnalistlarning ta’kidlashicha, rus armiyasining urushdagi haqiqiy yo‘qotishlari ko‘proq, chunki rossiyalik harbiylarning o‘limi haqidagi barcha xabarlar ham ochiq manbalarda e’lon qilinmaydi.
14 iyul kuni AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvda NATO bosh kotibi Mark Ryutte Rossiya armiyasi birgina 2025 yil boshidan beri Ukrainada 100 ming askarini yo‘qotganini aytdi. Aprel oyida NATO 250 ming kishi halok bo‘lgani va 650 ming rossiyalik yaralangani haqida ma’lumot bergan edi.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026