Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Pokiston fuqarolarga viza rasmiylashtirish jarayonini soddalashtiradi
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokiston Turizmni rivojlantirish korporatsiyasi raisi Aftab ur-Rehman Rana bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida turizm sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, o‘zaro sayyohlar oqimini oshirish, soha uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, turizm sanoati vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Qo‘shma dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali soha rivojiga hissa qo‘shish yuzasidan fikr almashildi.
Ta’lim va kasbiy tayyorgarlik sohasida, jumladan turizm yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida manfaatli hamkorlikni kuchaytirish, o‘zaro ta’lim grantlari ajratish, talabalar va mutaxassislar almashinuvini yo‘lga qo‘yish ushbu tarmoqni yanada rivojlantirish, istiqbolda ikki mamlakat iqtisodiyotida uning ulushini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Bundan tashqari, tomonlar mutasaddi vazirlik va idoralar o‘rtasida bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish, ikki mamlakat fuqarolariga viza rasmiylashtirish jarayonlarini yanada soddalashtirish, ushbu jarayonga zamonaviy xalqaro standartlarining joriy qilish mexanizmlarini muvofiqlashtirish borasidagi takliflarni ko‘rib chiqdi.
Muzokaralar natijasida avgust oyida O‘zbekiston va Pokistonning turizmga mas’ul tashkilotlari, turoperatorlar uyushmalari hamda ishbilarmon doiralar ishtirokida onlayn turizm forumini o‘tkazish, yangi ziyorat turizmi marshrutlarini ishlab chiqish, ikki mamlakatning turizm salohiyatini targ‘ib qiluvchi teledasturlar suratga olish, sohaviy oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida anglashuv memorandumlarini imzolashga kelishib olindi.
Mavzuga oid
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:36 / 25.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Pokiston rahbariyatiga ta’ziya yo‘lladi
16:46 / 24.05.2026
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
21:05 / 20.05.2026