Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston AQSh bojlariga qarshi javob tayyorlayotgani haqidagi xabar yolg‘onligini bildirdi
Avvalroq Oq uy rahbari AQSh Hindistonga nisbatan 25 foizlik boj to‘lovlari joriy etilishini ma’lum qilgandi.
Hindiston tashqi ishlar vazirligi mamlakat AQShning 25 foizlik savdo bojlariga nisbatan javob tayyorlayotgani to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni rad etdi.
"X tarmog‘ida yolg‘on xabar tarqatilmoqda", - deb ma’lum qildi Hindiston TIV.
Vazirlikning ta’kidlashicha, Hindiston shuningdek, bojdan ozod qilingan Amerika mahsulotlari ro‘yxatini ko‘rib chiqayotgani ham feykdan boshqa narsa emas.
Bundan tashqari, TIV mamlakat Qo‘shma Shtatlar bilan ayrim kelishuvlarni to‘xtatish yoki qayta ko‘rib chiqish imkoniyatini o‘rganib chiqayotganini ham rad etdi.
Hindustan Times nashri manbalarining so‘zlariga ko‘ra, Hindiston va AQSh o‘zaro manfaatli savdo bitimi tuzish ustida ishlamoqda.
Avvalroq Oq uy rahbari AQSh Hindistonga nisbatan 25 foizlik boj to‘lovlari joriy etilishini ma’lum qilgandi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, Hindiston "harbiy uskunalarning katta qismini Rossiyadan sotib oladi hamda Xitoy bilan birgalikda Rossiya energiya resurslarining yirik xaridori hisoblanadi”.
24 avgust kuni AQSh delegatsiyasi muzokaralar o‘tkazish uchun Nyu-Dehliga kelishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
18:30
Buxoroda hindistonlik talaba yurtdoshini o‘ldirdi
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026