Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Hindistonni Rossiyaning Ukrainadagi urushini moliyalashtirishda aybladi
Rossiyadan neft sotib olib, Hindiston Ukrainadagi urushni samarali moliyalashtirmoqda, dedi Oq uy ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Stiven Miller.
AQSh prezidenti Donald Tramp Nyu-Dehliga Rossiya neftini sotib olishni to‘xtatish uchun bosimni kuchaytirganidan so‘ng, Oq uy Hindistonni Rossiyaning Ukrainadagi urushini Moskvadan neft sotib olish orqali samarali moliyalashtirishda aybladi.
«U (Tramp) Hindistonning Rossiyadan neft sotib olish orqali bu urushni moliyalashtirishda davom etishi qabul qilib bo‘lmasligini ochiq aytdi», — dedi Oq uy ma’muriyati rahbari o‘rinbosari va Trampning eng nufuzli yordamchilaridan biri Stiven Miller Fox News telekanaliga bergan intervyusida.
Uning tanqidi Tramp ma’muriyatining AQShning Hind-Tinch okeani mintaqasidagi asosiy sheriklaridan biriga nisbatan eng jiddiylaridan biri bo‘ldi, deya ta’kidlaydi Reuters. «Ko‘pchilik Hindistonning Rossiya neftini xarid qilish bo‘yicha Xitoyga deyarli yetib olganidan hayratda. Bu hayratlanarli», — deya qo‘shimcha qildi Miller.
Nyu-Dehli hozircha bu ayblovlarga izoh bermadi, deb yozadi Reuters. Agentlikning Hindiston hukumatidagi manbalari AQSh tahdidlariga qaramay, mamlakat Moskvadan neft sotib olishda davom etishini aytdi.