Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Ta’lim vazirligi migrantlarning farzandlarini pullik o‘qitish g‘oyasiga qarshi chiqdi
Bunday tashabbus ta’lim huquqi kafolatlangan Rossiya Konstitutsiyasiga zid ekani aytildi.
Migrantlarning maktablarda bepul o‘qishini taqiqlash Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasiga ziddir, dedi Ta’lim vazirligining davlat umumta’lim siyosati va maktabgacha ta’limni rivojlantirish departamenti direktori Aleksandr Reut.
U Davlat dumasining migrantlarning farzandlari uchun 1-sinfdan 11-sinfgacha maktabda bepul o‘qishni taqiqlash haqidagi loyihasiga shunday munosabat bildirdi.
«Bunday loyiha Konstitutsiyaga zid. Konstitutsiyaga ko‘ra, Rossiyaning barcha fuqarolariga va chet el fuqarolariga ta’lim olish huquqi berilgan. Bu Rossiya Federatsiyasi hududida bo‘lgan barcha odamlar uchun umumiy huquqdir. Umumiy ta’lim qismida bu bepul, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi qismida ham, ammo oliy ta’lim qismida esa tanlov asosida bepul», dedi u.
Avvalroq Davlat dumasi deputatlari migrantlarning farzandlari uchun 1-sinfdan 11-sinfgacha maktabda bepul o‘qishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini parlament palatasiga kiritishga tayyorlayotgani ma’lum bo‘lgandi. Bu haqda Davlat Dumasining Mehnat qo‘mitasi raisi Yaroslav Nilov ma’lum qildi:
«Chet elliklarning farzandlari yoshi va sinfidan qat’i nazar, pullik o‘qishi kerak. Ular uchun rus tilini bilish bo‘yicha test sinovlarini topshirishga urinishlar soni uchtagacha bo‘lishi kerak. Ilgari rad etilgan qonun loyihamizga shunday tuzatishlar kiritildi... O‘qituvchilarimizning ham, rus tilini bilmaydigan chet elliklarning ham asabini asraylik - ota-onasini uyda kutsin yoki pullik asosda maxsus dasturlar bo‘yicha o‘qisin».
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
09:15 / 10.06.2026
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
19:24 / 09.06.2026