Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron o‘z mutaxassislari o‘ldirilganidan keyin yadroviy dasturini qayta tuzdi – OAV
Mamlakatda yadroviy dasturga aloqador mutaxassislar xavfsizligi kuchaytirildi.
Tehron joriy yil iyun oyida Isroil 10 nafardan ortiq mutaxassisni o‘ldirganidan keyin yadro dasturini yanada rivojlantirish uchun o‘zgarishlarni joriy qildi.
Endi mamlakat yadro dasturiga aloqador har bir asosiy xodimning kamida bir o‘rinbosari bo‘ladi, ular oilasi bilan uzoq va xavfsiz hududlarga ko‘chirildi va qo‘riqchilar qo‘yildi. Tafsilotlarni The Telegraph gazetasi aniqladi.
Eronlik yuqori martabali amaldor so‘zlariga ko‘ra, yadroviy olimlarning aksariyati endi o‘z uyida yashamaydi. Ularning ba’zilari oilasi bilan Tehronda qolgan, ammo boshqalari turli manzillarga, shimoliy qirg‘oqdagi shaharlarga ko‘chirilgan. Ularga kecha-yu kunduz qo‘riqchi qo‘yilgan. Agar ilgari ularning xavfsizligi uchun Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining faqat bir bo‘linmasi mas’ul bo‘lsa, endi bir nechta turli agentliklar muvofiqlashtiradi.
Universitetlarda dars berganlar o‘rnini Eron yadroviy dasturiga aloqasi bo‘lmagan odamlar egalladi.
Gazetaning Isroil maxsus xizmatlariga tayanib yozishicha, ularda hamon Eron yadro dasturida band bo‘lgan yuzlab odamlarning ismlari ro‘yxati mavjud. Isroilda ularni «yurib ketayotgan o‘liklar» (dead men walking) deb atashadi, bu ularning Isroil hujumlari paytida allaqachon halok bo‘lgan hamkasblarining taqdiriga duch kelishi mumkinligiga ishora qiladi.
Nashrning Isroildagi manbalariga ko‘ra, yadro dasturida ishlaydigan asosiy xodimlarning endi kamida bir o‘rinbosari bor: ular birgalikda 2-3 kishidan iborat guruhda ishlaydi, shunda bosh mutaxassis halok bo‘lgan taqdirda, uning o‘rniga tezda o‘rinbosar topish mumkin bo‘ladi. The Telegraph ma’lumotlariga ko‘ra, tirik qolgan tadqiqotchilar orasida portlovchi moddalar, neytron fizikasi va jangovar kallaklar bo‘yicha mutaxassislar ham bor.
Ta’kidlash joizki, The Telegraph yadro dasturiga aloqador bo‘lgan 30 nafardan ortiq eronlik olim halok bo‘lgani haqida yozmoqda. Shu bilan birga, ochiq manbalarda faqat 10 nafardan ortiq halok bo‘lgan tadqiqotchilar haqida ma’lumotlar mavjud.
Eron o‘z yadroviy dasturini faqat tinchlik maqsadlarida amalga oshirayotganini ta’kidlab, yadroviy qurol ishlab chiqish ayblovlarini doimiy ravishda rad etib kelmoqda.
Eron yadroviy obektlariga berilgan zarbalar samaradorligi va Eronning yadroviy dasturini qayta tiklash imkoniyati turlicha: ba’zi tahlilchilar Eron uskunalarning bir qismini va 60 foizgacha boyitilgan uranni yer ostiga ko‘chirishga muvaffaq bo‘lgan deb hisoblaydi. Bundan tashqari, Eron hali ham dasturni qayta tiklash uchun zarur bo‘lgan ilmiy va konstruktorlik salohiyatini saqlab qolmoqda.
Mavzuga oid
22:29 / 14.06.2026
Tramp Netanyahuni aqlsizlikda aybladi va Eron bilan kelishuv 2–3 soat ichida imzolanishini aytdi
00:49 / 14.06.2026
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
09:05 / 13.06.2026