Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada meduzalar AES ishini to‘xtatib qo‘ydi
Ular Shimoliy dengizda harorat ko‘tarilishi tufayli u yerga kelib qolishgan.
Fransiya shimolidagi Gravlin atom elektr stansiyasi faoliyati sovitish tizimlarida meduzalar to‘planib qolgani sababli to‘xtatildi.
Nasos stansiyalarining filtrlovchi barabanlari «ommaviy va kutilmagan» miqdordagi meduzalar bilan to‘lgani sababli uchta reaktor avtomatik ravishda to‘xtab qoldi. Bir necha soatdan so‘ng yana bir reaktor qo‘lda o‘chirildi.
Reuters manbasi ma’lum qilishicha, filtrlovchi nasoslarga zarar yetmagan - ularni shunchaki tozalash kerak, shundan so‘ng stansiya o‘z ishini davom ettira oladi. Operator kompaniyaning ta’kidlashicha, hodisa obekt, xodimlar va atrof-muhit uchun xavf tug‘dirmagan.
Taxminlarga ko‘ra, hodisaning asl sababi iqlim inqirozi bo‘lishi mumkin. Stansiyani sovitish uchun suv Shimoliy dengizdan keladi. Suv harorati ko‘tarilishi tufayli so‘nggi yillarda AES atrofidagi plyajlarda meduzalar soni ko‘payishi kuzatilmoqda.
Gravlin AES Fransiyadagi eng yirik atom elektr stansiyasidir. Uning reaktorlarining umumiy quvvati 5460 megavattni tashkil etadi.
Mavzuga oid
20:32 / 13.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun Fransiyada mavsumiy ish taklif etilmoqda
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
08:50 / 08.06.2026