Odamlar tuzni faqat taomning mazasi uçun işlatiladigan oddiy ziravor deb biladi va oşxonada qöşiladigan miqdor bilan çegaralangan deb hisoblaydi. Aslida uning asosiy qismi inson tanasiga tayyor ovqatlar, kolbasa, çips, konserva va non mahsulotlari tarkibida kirib boradi. Şu sababli köplab insonlar özi bilmasdan me’yordan ikki-uç barobar köproq tuz iste’mol qiladi. U organizm uçun zarur hisoblangan moddalardan biri bölsa-da, keragidan ortiği qon hajmini oşirib, yurak va tomirlarga ortiqça bosim beradi. Natijada arterial gipertenziya, insult, yurak xuruji kabi kasalliklar xavfi bir neça barobar ortadi.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) kattalar uçun kunlik tuz iste’molini 5 grammdan (bir çoy qoşiq) oşirmaslikni tavsiya qiladi. Ammo statistik ma’lumotlar şuni körsatadiki, aksariyat hollarda bu miqdor ikki, hatto uç barobar ortiq böladi. Masalan, global miqyosda kunlik örtaça natriy iste’moli kuniga 4310 mg (10.78 gramm tuzga teng)ga tengligi ma’lum qilingan. Bu esa tavsiya etilgan miqdordan ança yuqori.
Yaşirin tuz manbalari
Köpçilik tuz istemolini faqat oşxonada işlatilgan miqdor bilan hisoblaydi, ammo uning asosiy manbalari quyidagi yarim tayyor mahsulotlar orqali tanaga kiradi:
- kolbasa va sosiska mahsulotlari;
- konservalar;
- çips, tuzli yonğoqlar;
- non va non mahsulotlari.
Bu mahsulotlarda tuz miqdori belgilanganidan bir neça barobar köp bölişi mumkin. Tuzni keragidan ortiq yeyiş quyidagi kasalliklarga sabab böladi:
Qon bosimi oşişi
Tuzdagi natriy organizmda suvni uşlab qoliş xususiyatiga ega. Bu qon hajmini köpaytirib, tomirlarga yuklamani oşiradi, natijada arterial gipertenziya, ya’ni yuqori qon bosimi yuzaga keladi. Qon bosimining surunkali oşişi esa yurak xuruji, insult va buyrak yetişmovçiligi xavfini bir neça barobar köpaytiradi. Tadqiqotlar şuni körsatadiki, tuzni 1 grammga kamaytiriş ham qon bosimini pasaytirişi va yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytirişi mumkin.
Buyraklarga ortiqça yuklama
Buyraklar organizmdagi ortiqça natriyni siydik orqali çiqarib taşlaydi. Tuzni keragidan ortiq iste’mol qilganda uşbu organlar doimiy zöriqiş rejimida işlaydi. Mazkur jarayon uzoq muddat davom etsa, buyrak faoliyati sekinlaşib, surunkali kasalliklar rivojlanadi. Bundan taşqari, yuqori miqdordagi natriy iste’moli siydikda kalsiyning köpayişiga olib keladi, bu esa buyrak toşlari hosil böliş xavfini oşiradi.













