Qarorda “Barsakelmes” tuz konida qator ustuvor vazifalar belgilandi.

Ularga köra:

  • 2026 yilda kamida 50 mln AQŞ dollari miqdorida investitsiyalarni özlaştiriş;
  • 2026–2030 yillarda jami 200 mln AQŞ dollari sarmoyani jalb etiş möljallangan.

Tuzni çuqur qayta işlaş zanjirini şakllantiriş maqsadida kon hududida çegaralarda qayta işlaşga ixtisoslaşgan Kungrad Salt Free Zone sanoat zonasi taşkil etiladi.

2025–2026 yillarda 50 gektar yer uçastkasida start loyihalari amalga oşiriladi.

Zaruratdan kelib çiqib, sanoat zonasi hududi bosqiçma-bosqiç 200 gektargaça kengaytiriladi.

Sanoat zonasida investitsiya loyihasini amalga oşirişni boşlagan tadbirkorlarga 5 yil muddatga “Nukus” erkin iqtisodiy zonasi iştirokçisi maqomi beriladi. Şuningdek, qurilib foydalanişga topşirilgan ijtimoiy soha obektlari investor tomonidan tegişli davlat organlari tasarrufiga beğaraz ötkaziladi.

Loyiha tuz xomaşyosini çuqur qayta işlaş orqali qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqarişni kengaytiriş, eksport salohiyatini oşiriş, hududda yangi iş örinlari yaratiş va investitsiyaviy jozibadorlikni kuçaytirişga xizmat qilişi kutilmoqda.