Sog‘lom hayot | 17:37 / 30.09.2025
2698
3 daqiqa o‘qiladi

Nima uchun taomni uxlashdan 4 soat avval yeyish kerak?

Odam tanasi kechasi dam olish bilan birga hazm qilish, metabolizm va uyqu sifatini tartibga solish jarayonlarini ham davom ettiradi. Shu sababli tungi ovqatlanish va uyqu orasida yetarli vaqt masofasi bo‘lishi kerak. Mutaxassislar taomni uxlashdan taxminan 4 soat oldin yeyishni tavsiya qiladi. Bu uyqu sifatini yaxshilaydi, oshqozon va bo‘g‘imlarga ortiqcha yuk tushishini kamaytiradi hamda ertalab tetik uyg‘onishga yordam beradi.

Foto: Unsplash

Hazm qilish jarayonini yengillashtiradi

Kechasi uyqu vaqtida oshqozon va ichak faoliyati sekinlashadi. Agar siz to‘yib ovqatlanib yotadigan bo‘lsangiz, oshqozon uzoq vaqt davomida ishlashga majbur bo‘ladi, bu esa:

  • noqulaylik va kislota refluksiga olib keladi;
  • hajm jarayonini susaytiradi;
  • uyqu vaqtida tana tinchlanishiga xalaqit beradi.

Taomni uxlashdan 4 soat oldin yeyish oshqozonga ovqatni qisman hazm qilish va energiyani samarali ishlatish imkonini beradi va uyqu sifatli bo‘ladi.

Qand va insulin darajasini tartibga soladi

Ovqatdan so‘ng, qon qand darajasi ko‘tariladi va insulin chiqariladi. Agar ovqat uyquga yaqin vaqtda iste’mol qilinsa, qondagi shakar darajasi kechasi yuqori bo‘lib qoladi. Insulin me’yordan ortiq ishlab chiqilishi mumkin, bu esa metabolizmni susaytiradi, vazn ortishi va 2-toifa diabet xavfiga olib keladi. Taomni uyqudan bir necha soat oldin iste’mol qilish qondagi shakar va insulin darajasini barqarorlashtirishga yordam beradi.

Uyqu sifatini yaxshilaydi

To‘yib ovqatlanish uyqu sifatini pasaytiradi. Oshqozon faoliyati yuqori bo‘lgani uchun tana to‘liq dam ololmaydi. Ertalab charchoq va holsizlik paydo bo‘ladi. Ovqatni uyqudan 4 soat oldin yeyish esa oshqozonni tinchlantiradi, tana va miyaga sifatli uyquga tayyorlanish imkonini beradi.

Ortiqcha vazn va yog‘ to‘planishi oldini oladi

Tunda tana o‘z faoliyatini sekinlashtiradi. Agar oshqozon bu vaqtda ovqatga to‘la bo‘lsa:

  • kaloriyalar energiyaga aylanish o‘rniga yog‘ sifatida to‘planadi:
  • ortiqcha vazn: bo‘yin, qorin, va tizzada yog‘ to‘planish xavfi oshadi.

Ovqatni uxlashdan taxminan 4 soat oldin iste’mol qilish — sog‘lom hayot tarzining muhim qismi hisoblanadi. Bu nafaqat hazm qilish va metabolizmni yaxshilaydi, balki uyqu sifatini oshiradi, ortiqcha vazn to‘planishini kamaytiradi va oshqozon-yo‘ldosh kasalliklarining oldini oladi. Shu bilan birga, tanani energiya bilan ta’minlab, ertalab uyg‘onganda o‘zingizni tetik his qilishingizga yordam beradi.

Mavzuga oid