Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peskov: Rossiya-AQSh muloqoti kamida 6-7 soat davom etishi mumkin
Peskovning qayd etishicha, Donald Tramp va Vladimir Putin muloqoti yakkama-yakka shaklda bo‘lib o‘tadi.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Alyaskada bo‘lib o‘tadigan Rossiya-Amerika muzokaralari kamida 6-7 soat davom etishini aytdi.
“Delegatsiyalar tarkibida muzokaralar o‘tkaziladi. So‘ngra yetakchilar hamkorlikdagi matbuot anjumanini o‘tkazadilar. Umuman olganda, bunga kamida 6-7 soat ketadi”,— dedi Peskov.
Uning qayd etishicha, Donald Tramp va Vladimir Putin muloqoti yakkama-yakka shaklda bo‘lib o‘tadi. Rossiya delegatsiyasi “samarali” muloqotga umid qilmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, Vladimir Putinni aeroportda shaxsan Donald Trampning o‘zi kutib oladi. Prezidentlar uchrashuvi Ankorij shahridagi Elmendorf-Richardson. harbiy bazasida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
08:34 / 12.06.2026
Eron bo‘yicha keskin burilish: AQSh zarbalarni bekor qildi
21:17 / 11.06.2026