Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin va Tramp nimani xohlaydi va nimani muhokama qilishga tayyor?
Alyaskadagi sammit oldidan tomonlarning pozitsiyalari haqida qisqacha.
Rossiya
Rasmiy pozitsiya. O‘t ochishni to‘xtatish — faqat mojaroning «dastlabki sabablari bartaraf etilgach». Ukrainaning to‘rt regioni va Qrim Rossiyaniki deb tan olinishi kerak. Sanksiyalar bekor qilinishi kerak. Ukraina NATO a’zosi bo‘lishdan voz kechishi lozim.
Norasmiysi. Agar Ukraina qurolli kuchlari Donbassdan ketadigan bo‘lsa, mojaroni to‘liq muzlatishga tayyor. Qo‘shimcha shartlarsiz havoda sulh tuzishni muhokama qilishga ham.
AQSh
Rasmiy pozitsiya. Asosiy maqsad — zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish. Putin va Zelenskiyni «uchrashtirish». Agar Putin o‘t ochishni to‘xtatmasa, Rossiyani yangi sanksiyalar kutmoqda. Ukrainaning «bo‘linishi» muhokama etilmaydi. Uchrashuvdan umidlar — katta emas.
Norasmiysi. O‘t ochishni to‘xtatish evaziga Rossiya egallab olgan hududlarni tan olish va sanksiyalarni bekor qilishga tayyor — ammo Ukraina NATO a’zosi bo‘lmasligiga kafolat berilmaydi. Yuridik jihatdan tan olmasdan, Rossiyaning ishg‘ol etilgan hududlar ustidan harbiy va iqtisodiy nazoratiga ko‘z yumiladi.
Mavzuga oid
12:25
FIFAda mojaro: tashkilot amerikalik futbolchining diskvalifikatsiyasini kechiktirdi
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
23:22 / 05.07.2026
Oq uy FIFAdan Balogunning diskvalifikatsiyasini bekor qilishni so‘radi – OAV
09:59 / 05.07.2026