Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon banki bilan davlat xaridlari sohasidagi hamkorlik muhokama qilindi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat xaridlari siyosati departamenti direktori Sarvar Nazarov hamda yangi tayinlangan Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha davlat xaridlari guruhi rahbari Jyentu Lyu o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Foto: Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Uchrashuvda 2025 yil davrida hamkorlikda amalga oshirilgan loyihalar tahlil qilinib, joriy va 2026 yilda loyihalarni shakllantirish maqsadida hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.
“Ilg‘or xalqaro tajriba asosida va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda davlat xaridlarida ishlab chiqaruvchi korxonalar, shu jumladan, kichik biznes sub’yektlarini tizimli qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli dastur ishlab chiqish, davlat xaridlari tizimining samaradorligi va natijadorligini kompleks tahlil qilish borasida ekspert o‘rganishlarni tashkil etish, davlat xaridlarida shartnomalarni boshqarish tizimini samarali joriy etish maqsadida xorijiy tajribani o‘rganish va bu borada xalqaro ekspertlar ko‘magini jalb qilish bo‘yicha loyihalarni shakllantirish belgilab olindi”, deyiladi Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot xizmati xabarida.
Shuningdek, muzokaralar davomida davlat xaridlari sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash masalasiga e’tibor qaratildi.
Shu bilan birga, suhbat doirasida davlat xaridlarini boshqarish va nazorat qilish tizimlari, monitoring mexanizmlarini takomillashtirish, korrupsiyaga qarshi choralar ko‘rish va oldini olish strategiyalari, markazlashgan xarid tizimini samarali joriy etish, sun’iy intellekt asosida xarid jarayonlarini avtomatlashtirish hamda «yashil» xarid amaliyotlarini ommalashtirish mavzulari muhokama qilindi.
Mavzuga oid
18:30 / 24.11.2025
Davlat kompaniyalari 20 ta xizmatni autsorsingdan olishi belgilandi
13:32 / 22.11.2025
Farmatsevtika mahsulotlari bo‘yicha davlat xaridlari yangi elektron modul orqali amalga oshiriladi
10:01 / 17.10.2025
Jahon banki O‘zbekistonga 800 mln dollar ajratadi
15:03 / 15.10.2025