Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Respublikachilar Tramp va Putin uchrashuvini ehtiyotkorona baholadi, demokratlar tanqid qildi
Ikki davlat rahbarlarining Alyaskadagi uchrashuvi turli mulohazalarga sabab bo‘ldi.
AQSh Senati va Vakillar palatasida, OAV xabarlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar va Rossiya prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putinning bo‘lib o‘tgan uchrashuvi natijalari turlicha baholandi.
Respublikachi senator Liza Murkovski sammitga «ehtiyotkorona optimizm bilan» qarashini aytdi.
«Men ma’lum bir yutuqlarga erishilganligi haqidagi signallarga ehtiyotkorona optimizm bilan qarayman. Shuningdek, ikkala prezident ham kelajakdagi uchrashuvlar haqida gapirganini eshitish quvonarli bo‘ldi, umid qilamanki, ularda Ukraina ham bo‘ladi», deb yozdi Murkovski ijtimoiy tarmoqda.
Uning partiyadagi hamkasbi senator Keti Britt prezidentlar uchrashuvi natijalarini ma’qullab, uni «to‘g‘ri yo‘nalishdagi qadam» deb atadi.
«Fakt faktligicha qolmoqda, prezident Tramp ayni damda dunyoga kerak bo‘lgan yetakchi va ishonchim komilki, u bu mojaroga barham berish uchun kechayu kunduz ishlashda davom etadi», deb yozdi Britt.
Senatdagi demokratik ozchilik yetakchisi Chak Shumer ijtimoiy tarmoqda Trampni «Ukraina va ittifoqchilarni qo‘llab-quvvatlash o‘rniga, Putin bilan yelkama-yelka turgani» uchun qoraladi.
Vakillar palatasi a’zosi, demokrat Gregori Miksning aytishicha, Tramp «Putinga bosim o‘tkazishi», uning harbiy mashinasiga qarshi keskin sanksiyalar kiritishi va Ukrainaga o‘zini himoya qilish uchun zarur vositalarni taqdim etishi kerak edi.
Mavzuga oid
12:25
FIFAda mojaro: tashkilot amerikalik futbolchining diskvalifikatsiyasini to‘xtatdi
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
23:22 / 05.07.2026
Oq uy FIFAdan Balogunning diskvalifikatsiyasini bekor qilishni so‘radi – OAV
12:48 / 05.07.2026