Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp dastlab Zelenskiy bilan, keyin YeI yetakchilari bilan uchrashadi
AQShga Volodimir Zelenskiy bilan birga Fridrix Mers, Kir Starmer, Emmanuel Makron, Jorja Meloni, Aleksandr Stubb, Ursula fon der Lyayyen va Mark Ryuttelar borishi ma’lum qilingan.
AQSh prezidenti Donald Tramp 18 avgust kuni Vashingtonda dastlab Volodimir Zelenskiy bilan yakkama-yakka suhbatlashadi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Bild nashri xabar berdi.
"Tramp dastlab faqat Ukraina prezidentini qabul qiladi. Shundan so‘ng ularning suhbatiga YeI siyosatchilari qo‘shiladi", - deb yozadi nashr.
Gazetaning ma’lumot berishicha, kengaytirilgan tarkibda tushlik va muhokamalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Dushanba kuni Zelenskiy Vashingtonga tashrif buyuradi. AQShga u bilan birga Germaniya kansleri Fridrix Mers, Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Italiya bosh vaziri Jorja Meloni, Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen va NATO bosh kotibi Mark Ryutte borishi ma’lum qilingan.
Mavzuga oid
12:25
FIFAda mojaro: tashkilot amerikalik futbolchining diskvalifikatsiyasini to‘xtatdi
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
23:22 / 05.07.2026
Oq uy FIFAdan Balogunning diskvalifikatsiyasini bekor qilishni so‘radi – OAV
05:49 / 05.07.2026