Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Ukrainaga xavfsizlik masalalarida katta yordam ko‘rsatilishini aytdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni qabul qildi.
Dastlab prezidentlar jurnalistlar bilan muloqot qilishdi.
Tramp Putin bilan uchrashuvda “yaxshi oldinga siljish”ga erishgani kabi Zelenskiy bilan uchrashuvda ham oldinga siljishga umid qilayotganini aytdi.
U bugungi muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlansa, uch tomonlama uchrashuv o‘tkazilishi mumkinligini yana bir bor takrorladi.
AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, bugungi muzokaralar so‘nggisi emas.
“Putin nizo tugashini istayapti”, dedi Tramp.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “Ukrainadagi nizo tugashini barcha tomonlar va butun dunyo xohlamoqda, lekin aniq muddatni aytish qiyin”.
Tramp Ukrainaga xavfsizlik masalalarida katta yordam ko‘rsatilishini bildirdi.
Mavzuga oid
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
23:22 / 05.07.2026
Oq uy FIFAdan Balogunning diskvalifikatsiyasini bekor qilishni so‘radi – OAV
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
20:36 / 04.07.2026