Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda vazir o‘rinbosari va bir necha mansabdor korrupsiyada gumonlanib qo‘lga olindi
Mamlakat milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining bildirishicha, ular noqonuniy ravishda qoramol eksportini yo‘lga qo‘yishgan.
Qirg‘iziston suv resurslari, qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoati vaziri o‘rinbosari, veterinariya xizmati boshlig‘i va vazirlikning ikkita bo‘limi boshliqlari korrupsion sxema tashkil etishda gumonlanib hibsga olindi. Bu haqda mamlakat milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabar qildi.
Iyulda qishloq xo‘jaligi vazirligi mamlakatda go‘sht narxini barqaror saqlab turish uchun qoramol eksportiga kvota joriy etgandi. Xabarda aytilishicha, vazir o‘rinbosari S. N., veterinariya xizmati rahbari U. K. va vazirlikning ikki bo‘limi boshliqlari chorvachilik bilan shug‘ullanmaydigan affillangan shaxslarga kvotalarni noqonuniy berishni yo‘lga qo‘yishgan.
"Vositachilar noqonuniy olingan kvotalarni fermer va qoramol eksporti bilan shug‘ullanuvchilarga sotish bilan shug‘ullanib kelishgan", — deyiladi xabarda.
Xabarga ko‘ra, shu yo‘l bilan O‘zbekistonga Jalolobod viloyati orqali 40 ming boshdan ortiq qoramol noqonuniy tarzda eksport qilingan.
Mazkur harakatlarni sodir etishda gumonlanganlarning barchasi hibsga olingan.
Mavzuga oid
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
22:31 / 02.07.2026
Qamchibek Tashiyev 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ammo, jazo yengilrog‘iga almashtirildi
17:41 / 02.07.2026
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
16:34 / 01.07.2026