Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada to‘qqizta sohada migrantlar uchun ish kvotalarini qisqartirish taklif etildi
Qurilish, sabzavot yetishtirish, yog‘och tayyorlash, umumiy ovqatlanish va boshqa sohalarda ish kvotalari qisqartirilishi mumkin.
Rossiya Mehnat vazirligi 2026 yilda to‘qqizta iqtisodiy faoliyat turida xorijiy ishchilar ulushini kamaytirishni rejalashtirmoqda. Ba’zi sohalarda u nolga tushirilishi mumkin.
Vazirlik matbuot xizmatining xabar berishicha, qurilish sohasida xorijiy ishchilar ulushi 80 foizdan 50 foizgacha qisqartirilishi mumkin. Sabzavot yetishtirish va yog‘och tayyorlash sohasida - 50 foizdan 40 foizgacha. Umumiy ovqatlanish tashkilotlarida ish o‘rinlarining kamida yarmi Rossiya fuqarolariga biriktirilishi mumkin. Ilgari bu sohada cheklovlar bo‘lmagan.
2026 yilda alkogol va tamaki savdosi sohasida chet elliklarni ishga joylashtirish butunlay taqiqlanishi mumkin. 2025 yilda kvota 15 foiz etib belgilangan. Kelgusi yilda ham migrantlarni dorixonalar, nostatsionar savdo obektlari va bozorlarda chakana savdo sohasida ishga joylashtirishga qo‘yilgan taqiqni saqlab qolish taklif etildi.
Bundan tashqari, qaror loyihasi bilan Rossiyaning 29 ta sub’yektida mintaqaviy xususiyatlarni belgilash taklif qilinmoqda, ulardan 14 tasida ayrim faoliyat turlarida xorijiy ishchilarning ruxsat etilgan ulushi kamaytirilmoqda. Ular orasida Udmurtiya, Zabaykale, Krasnoyarsk va Primore o‘lkalari, Yahudiy avtonom viloyati, Amur, Novosibirsk, Orenburg, Orlov, Samara, Tver, Tula, Ulyanovsk va Chelyabinsk viloyatlari bor.
Bundan tashqari, Mehnat vazirligi ayrim hududlarda qo‘shimcha cheklovlar joriy etishni taklif qilmoqda. Masalan, Amur viloyatida chet elliklarga oziq-ovqat ishlab chiqarish, mashinalarni ta’mirlash va qishloq xo‘jaligi hayvonlari uchun veterinariya faoliyati sohalarida ishlash taqiqlanishi mumkin. Ulyanovsk viloyatida taqiq yo‘lovchi tashish sohasida migrantlarni ishga joylashtirishga ham tatbiq etilishi mumkin.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
09:15 / 10.06.2026
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
19:24 / 09.06.2026