Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ichida sichqonlar va pashshalar bo‘lgan sun’iy yo‘ldosh orbitaga uchirildi
Olimlar "Bion-M" №2 sun’iy yo‘ldoshiga joylashtirilgan sichqon va pashshalar orqali kosmik radiatsiya va geomagnit maydonining tirik organizmlarga ta’sirini o‘rganishadi.
Foto: RIA Novosti
Ichida 75ta sichqon va 1,5 mingta pashsha bo‘lgan "Bion-M" sun’iy yo‘ldoshi "Soyuz-2.1b" raketasi yordamida orbitaga olib chiqildi.
Xabar qilinishicha, sun’iy yo‘ldosh orbitaga 9 daqiqa 23 soniyada yetkazilgan.
Olimlar "Bion-M" №2 sun’iy yo‘ldoshiga joylashtirilgan sichqon va pashshalar orqali kosmik radiatsiya va geomagnit maydonining tirik organizmlarga ta’sirini o‘rganishadi.
Sun’iy yo‘ldosh orbitada 30 sutka bo‘lishi rejalashtirilgan.
"Bion-M" №2 germetik qurilma bo‘lib, ichi va tashqi qismida ilmiy qurilmalar joylashgan. Uning ichiga sichqonlar va pashshalardan tashqari, dorivor o‘simliklar, urug‘lar, suvo‘tlar, mikroorganizmlar, inson va hayvonlarning ildiz hujayralari ham joylashtirilgan.
1973 yildan 1996 yilgacha kosmosga 11ta "Bion" uchirilgan bo‘lib, ularning bortida maymunlar, sichqonlar, kaltakesaklar, guppi baliqlari, hasharotlar va bir hujayrali organizmlar bo‘lgan.
Mavzuga oid
07:17 / 19.02.2026
Yashirinishga joy yo‘q: harbiylarga real vaqtda ma’lumot beradigan qudratli sun’iy yo‘ldoshlar
18:25 / 16.02.2026
«Mirzo Ulug‘bek» ilmiy sun’iy yo‘ldoshi 2028 yilda uchirilishi mumkin
20:50 / 01.02.2026
SpaceX orbitaga 1 mln dona sun’iy yo‘ldoshni uchirishni rejalashtirmoqda
12:49 / 30.01.2026