Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot o‘tkazdi
Baxtiyor Saidovning ma’lum qilishicha, muloqot davomida yaqinlashib kelayotgan ikki tomonlama tadbirlar hamda xalqaro va mintaqaviy maydonlardagi qo‘shma sa’y-harakatlar ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon muloqoti o‘tkazdi. Bu haqda Saidov o‘zining telegram-kanalida ma’lum qildi.
Unda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, davlatlarimiz rahbarlari tomonidan erishilgan barcha kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish masalalarini muhokama qildik”, - deyiladi xabarda.
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining qo‘shimcha qilishicha, shuningdek, yaqinlashib kelayotgan ikki tomonlama tadbirlar hamda mintaqada ishonch va hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan xalqaro va mintaqaviy maydonlardagi qo‘shma sa’y-harakatlar ham ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
09:57 / 15.07.2026
Baxtiyor Saidov Turkmaniston prezidenti bilan uchrashdi
21:20 / 04.06.2026
Baydenning urushi Trampning urushiga aylandi - Sergey Lavrov
09:01 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin
08:54 / 26.05.2026