Toşkentda bölib ötgan muzokaralar çoğida tomonlar Özbekiston–Xitoy keng qamrovli strategik şerikligini yanada mustahkamlaş hamda Özbekiston va Hongkong örtasidagi hamkorlikni kengaytiriş masalalarini muhokama qildi.

Uçraşuvda investitsiyalar, moliya, raqamlaştiriş, sun’iy intellekt, transport va logistika sohalaridagi istiqbolli loyihalar körib çiqildi. Şuningdek, Hongkongning xalqaro moliya va biznes markazi sifatidagi tajribasidan foydalaniş imkoniyatlari muhokama qilindi.

Tomonlar hududlararo şeriklikni rivojlantiriş, işbilarmon doiralar örtasidagi töğridan töğri muloqotlarni faollaştiriş va qöşma taşabbuslarni ilgari suriş masalalari böyiça ham fikr almaşdi.

Uçraşuvning muhim natijalaridan biri sifatida özaro vizasiz rejimni joriy etiş böyiça kelişuv tayyorlaş niyatini tasdiqlovçi verbal notalar almaşildi. Qayd etilişiça, bu qadam fuqarolar uçun qöşimça qulayliklar yaratiş va özaro almaşinuvlarni faollaştirişga xizmat qiladi.