Jahon | 21:21 / 22.08.2025
4547
1 daqiqa o‘qiladi

Suriya o‘z milliy valutasini Rossiyada chop ettiradigan bo‘ldi - OAV

Qayd etilishicha, Suriya delegatsiyasi iyul oxirida Moskvaga tashrifi chog‘ida Goznak bilan bitim imzolagan. Jamiyat Suriya valutasini prezident Bashar Asad hukmronligi davrida ham chop etgan.

Foto: Reuters

Suriyaning yangi valutasini Rossiyaning Goznak aksiyadorlik jamiyati chop etadi, deb xabar berdi Reuters agentligi o‘z manbalariga tayanib.

Suriya funti milliy valuta sifatida qoladi, lekin inflatsiya bois denominatsiya qilinadi va banknotlardan ikkita nol olib tashlanadi, deb yozadi agentlik.

Qayd etilishicha, Suriya delegatsiyasi iyul oxirida Moskvaga tashrifi chog‘ida Goznak bilan bitim imzolagan. Jamiyat Suriya uchun banknotlarni prezident Bashar Asad hukmronligi davrida ham chop etgandi.

2024 yil dekabrda Asad taxtdan ag‘darildi va “Hay’at Tahrir ash-Shom” guruhi hokimiyat tepasiga keldi.

May oyida Reuters Suriya o‘z valutasini Rossiya o‘rniga BAA yoki Germaniyada chop etish niyatida ekanligi haqida xabar bergandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid