Jahon | 00:04 / 22.08.2025
3011
2 daqiqa o‘qiladi

Yevroittifoq 2028 yilgacha AQShdan 750 mlrd dollarlik energiya resurslari sotib olish majburiyatini oldi

27 iyul kuni Shotlandiyada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen Yevropa Ittifoqi nomidan AQSh iqtisodiyotiga 600 milliard dollar miqdorida qo‘shimcha sarmoya kiritishga va’da bergandi. 

Foto: Reuters

Yevroittifoq va AQSh o‘rtasidagi savdo bo‘yicha hadli kelishuv to‘g‘risidagi deklaratsiyada 27 iyul kuni bo‘lib o‘tgan Yevrokomissiya rahbari va AQSh prezidenti Donald Tramp uchrashuvidagi kelishuvlar tasdiqlandi. 

Unga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi 2028 yilga qadar AQShdan umuiy qiymati 750 mlrd dollarlik suyultirilgan tabiiy gaz, neft va atom energetikasi mahsulotlarini sotib oladi. 

27 iyul kuni Shotlandiyada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Tramp va Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen savdo bitimi tuzishga kelishib olgandi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Yevropa Ittifoqidan keladigan tovarlarga bojxona to‘lovlarini 50 foiz bo‘ladigan po‘lat va alyuminiy yetkazib berishdan tashqari barcha sohalarda 15 foiz darajasida ushlab turadi. Bu Yevropa eksportida Tramp ilgari aytib o‘tgan 30 foizning yarmini tashkil etadi.

O‘z navbatida, YeI jami 93 milliard yevro miqdoridagi qo‘shimcha to‘lovlarni o‘z ichiga olgan qarshi choralarni joriy etishni to‘xtatdi. Bundan tashqari, fon der Lyayyen Yevropa Ittifoqi nomidan AQSh iqtisodiyotiga 600 milliard dollar miqdorida qo‘shimcha sarmoya kiritishga va’da berdi. Bryussel, shuningdek, savdo kelishuvi doirasida AQShdan energiya tashuvchilarni 750 milliard dollarga sotib oladi. Yevropa Ittifoqi, shuningdek, AQShdan avtomobillar uchun tariflarni bekor qiladi.

Mavzuga oid