Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Trampning barcha takliflariga “yo‘q” deb javob qaytardi – Rossiya tashqi ishlar vaziri
Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Tramp Zelenskiyga Rossiyaning hududlar, rus tili va NATOga a’zolik bo‘yicha takliflarini ma’lum qilgan.
Foto: AP
AQSh va Rossiya prezidentlarining Alyaskadagi uchrashuvida Ukrainadagi nizoni hal qilish bo‘yicha ayrim yaqinlashuv nuqtalari topilgandi, ammo Volodimir Zelenskiy Donald Tramp bilan uchrashuvda ularni rad etdi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov NBC telekanaliga bergan intervyusida.
«Ukraina NATOga a’zo bo‘lish fikridan voz kechishi, hududiy masalalar muhokama qilinishi taklif qilingandi va Zelenskiy bu takliflarga «net» deb javob berdi, — dedi Lavrov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina rahbari «rus tilini taqiqlovchi qonunni bekor qilish»dan ham bosh tortgan.
Sergey Lavrov Zelenskiyning nolegitimligini (Rossiyaning fikricha) yana bir bor tilga oldi.
«Qanday qilib o‘zini rahbar deb ko‘rsatayotgan odam bilan uchrashishimiz mumkn?» — dedi u Zelenskiyning prezidentlik muddati may oyida tugagani, saylovlar esa o‘tkazilmaganini nazarda tutib.
Reuters agentligining ma’lumot berishicha, Rossiya Alyaskadagi muzokaralarda Xerson va Zaporijjya oblastlaridagi front chizig‘ini muzlatishga rozi bo‘lgan hamda Ukraina qo‘shinlarining “DXR” va “LXR”dan butunlay olib chiqib ketilishini talab qilgan.
Mavzuga oid
08:42
Zelenskiy: Erondagi urush qurol-yarog‘ yetkazib berishga ta’sir qilishi mumkin
08:24
Zelenskiy Rossiyaning 2026–2027 yillar uchun hujum rejalarini ochiqladi
09:11 / 27.02.2026
Zelenskiy: RF va AQSh bilan yangi muzokaralar BAAda o‘tishi mumkin
09:10 / 26.02.2026