Sog‘lom hayot | 18:20 / 23.08.2025
1508
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya bilan hamkorlikda nevrologiya va insult ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etiladi

“Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ishtirokidagi “Respublika ixtisoslashtirilgan nevrologiya va insult ilmiy-amaliy tibbiyot markazini tashkil etish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Foto: Getty Images

Mazkur qarorni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

aholiga ixtisoslashtirilgan nevrologik yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish;

sohadagi tibbiyot va ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy tibbiy va diagnostik asbob-uskunalar bilan jihozlash.

Loyihani amalga oshirish muddati 2025–2032 yillar etib belgilangan.

Qarorga ko‘ra, Respublika ixtisoslashtirilgan nevrologiya va insult ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Nevrologiya va neyroreabilitatsiya milliy tibbiyot markazi deb qayta nomlandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi JICA ko‘magida yaponiyalik mutaxassislar guruhini jalb etish uchun Yaponiyaning “Yakuzemi Information Education Center” konsalting kompaniyasi bilan xorijiy valutada 1 yil muddatga shartnoma imzolashi belgilandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid