Jahon | 22:35 / 24.08.2025
10025
3 daqiqa o‘qiladi

“Trampning qo‘lida ko‘p qartalar bor” - Vens Rossiyaning yon berishlari, Rossiya-Ukraina urushi qachon tugashi haqida

AQSh vitse-prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga Amerika qo‘shinlari yuborilmaydi.

Foto: REUTERS

NBC telekanalida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning intervyusidan biroz o‘tib, kanalda AQSh vitse-prezidenti Jyey Di Vens bilan suhbat e’lon qilindi. Suhbat davomida Vens Rossiya-Ukraina nizosi bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.

AQShning roli haqida

AQSh Ukrainadagi nizoni diplomatik yo‘l bilan hal qilishga erishishda davom etadi.

AQShning vazifasi – Rossiya va Ukraina nizoni to‘xtatishga kelishishlarida vositachilik qilish. Biz tomonlarga bosim o‘tkazmoqchi emasmiz.

Rossiyaning yon berishlari haqida

Rossiya 3,5 yil davomida birinchi marta qator asosiy talablariga nisbatan sezilarli yon berishlarga bordi.

Rossiya Ukraina urushdan keyin hududiy yaxlitligini saqlab qolishini tan oldi. Rossiya Kiyevda qo‘g‘irchoq rejim o‘rnata olmasligini tan oldi.

Biz Rossiyaning harakatlarini nazorat qilmaymiz, aks holda urush yetti oy avval tugagan bo‘lardi.

Urush tugashi haqida

AQSh Ukrainadagi nizo “bir soat ichida” tugaydi deb hisoblamaydi.

AQSh tinchlik kelishuviga uch-olti oy ichida erishilishiga umid qilmoqda.

Xavfsizlik kafolatlari haqida

Rossiya Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari berish bo‘yicha muzokaralarda qatnashishi kerak.

Eng asosiysi, hududlar va xavfsizlik kafolatlari masalasini hal qilish.

Ukraina oxir-oqibat hududiy chegaralari qayerdan o‘tishi borasida qaror qabul qiladi.

Ukrainada Amerika qo‘shinlari bo‘lmaydi, biroq Ukrainaning xavfsizlik kafolatlarini ta’minlashda faol ishtirok etadi.

Sanksiyalar haqida

AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritish ehtimolini istisno qilmaydi.

AQShning harakatlari Rossiyaning pozitsiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Agar oldinga siljish bo‘lsa, sanksiyalar yumshatilishi ham mumkin.

Vensning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina nizosini hal qilishda tomonlarga ta’sir ko‘rsatish uchun Trampning qo‘lida qartalar ko‘p, lekin muammoni hal qilishning yagona yo‘li – diplomatiya.

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid