Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Trampning maxsus vakilini orden bilan mukofotladi
Volodimi Zelenskiy Kit Kellogning ikki davlat hamkorligiga va Ukraina suverenitetini mustahkamlashga qo‘shgan hissasini qayd etdi.
AQSh prezidentining maxsus vakili Kit Kellog Ukrainaning I darajali “Xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi.
Kellog Ukraina mustaqillik kuni bayrami tantanalarida ishtirok etish uchun Kiyevga kelgandi.
Kiyevdagi Sofiya maydonida bo‘lib o‘tgan bayram marosimida Kit Kellogga ordenni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy topshirdi.
U Kellogning ikki davlat hamkorligiga va Ukraina suverenitetini mustahkamlashga qo‘shgan hissasini qayd etdi.
Kiyevga Ukraina mustaqillik kuni tantanalarida qatnashish uchun boshqa mamlakatlar siyosatchilari ham tashrif buyurgan.
Mavzuga oid
11:21
CSIS: Rossiya har oy 30 mingdan ortiq harbiydan ayrilmoqda
08:22
Zelenskiy ogohlantirgan hujum amalga oshdi
20:18 / 01.07.2026
Ukraina Rossiya Bryansk oblastidan yangi hujum boshlashiga tayyorlanmoqda
19:04 / 30.06.2026