Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida Cobalt’ga urilgan yuk mashinasi yonib ketdi
Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi.
Viloyat IIBB YHXB ma’lum qilishicha, holat Yuqori Chirchiq tumani hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan A373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining 4-kilometrida sodir bo‘lgan.
HOWO rusumli maxsus jihozlangan sement tashuvchi yuk avtomobili haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida yo‘l chetida to‘xtab turgan Cobalt'ga urilib, shundan so‘ng ag‘darilib ketgan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida maxsus jihozlangan sement tashuvchi yuk avtomobilida yong‘in kelib chiqqan. Shuningdek, yo‘l chetida harakatsiz turgan Cobalt'da bo‘lgan 1 nafar yo‘lovchi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:23 / 20.06.2026
Qibrayda avtomobilda qizlarga uyatsiz harakat qilgan yigitlar 5 sutkaga qamaldi
16:47 / 19.06.2026
Toshkent viloyatida ekologiya mas’ullariga qat’iy choralar ko‘rildi
08:45 / 16.06.2026
Toshkent va Samarqandda qariyb 6 kg narkotik modda musodara qilindi
09:05 / 12.06.2026