Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya tashqi ishlar vaziri rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi
Takeshi Ivaya boshchiligidagi delegatsiya Samarqandga tashrif buyurdi.
Foto: O‘zA
Yaponiya tashqi ishlar vaziri Takeshi Ivaya boshchiligidagi delegatsiya 26 avgust kuni rasmiy tashrif bilan Samarqandga keldi.
Mehmonlarni Samarqand xalqaro aeroportida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmonov va Samarqand viloyati hokimligi mas’ullari kutib oldi.
Yaponiyalik diplomat dastlab SamAvto zavodida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi. Mazkur korxonada 2007 yildan buyon Yaponiyaning Isuzu Motors Ltd kompaniyasi va Itochu korporatsiyasi bilan hamkorlikda Isuzu shassisi asosida avtobuslar va yuk mashinalari, maxsus texnikalar ishlab chiqarilmoqda. Zamonaviy, xalqaro standartlarga javob beradigan mazkur texnika vositalari ichki bozor bilan birga xorijga eksport qilinadi.

Shundan so‘ng delegatsiya Samarqand tumanidagi «Bobur agro innovatsiya» fermer xo‘jaligida bo‘ldi. Bu yerda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ko‘magida ushbu davlatdan keltirilgan olma navlari parvarishlanmoqda.

Shuningdek, Ivaya Samarqanddagi tarixiy-madaniy yodgorliklarni ham tomosha qildi.
Mavzuga oid
10:53 / 29.01.2026
Samarqandda yollanma qotil orqali tanishini o‘ldirmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi
10:30 / 29.01.2026
Samarqandda tabiatga 422 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi
14:43 / 28.01.2026
Samarqandda 16 qavatli bino sun’iy zilzila orqali sinovdan o‘tkazildi
21:06 / 26.01.2026