Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasida tranzit savdo bitimi ishlab chiqiladi
O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi arafasida Islomobod shahrida Pokistonning yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Yil boshidan beri o‘tkazilgan ikki tomonlama oliy va yuqori darajadagi muloqotlar, jumladan, 25-26 fevral kunlari Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharifning O‘zbekistonga bo‘lib o‘tgan rasmiy tashrifi doirasida ikki tomonlama munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishga qaratilgan muhim hujjatlar imzolangani qayd etildi. Tashrif yakunlariga ko‘ra esa, barcha kelishuvlarni samarali amalga oshirishni ta’minlovchi qo‘shma "Yo‘l xaritasi" ishlab chiqishga kelishildi. Ma’ruzada Transafg‘on temiryo‘li loyihasini amalga oshirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi. 17 iyul kuni Kobul shahrida uch davlat tashqi ishlar vazirlari tomonidan Transafg‘on temiryo‘li loyihasini amalga oshirishning TIA asosi bo‘yicha hadli bitim imzolangani urg‘ulandi.
O‘zbekiston rasmiy vakili iqtisodiy hamkorlikning joriy holatiga to‘xtalib, 2024 yilda ikki tomonlama savdo hajmi 400 million dollardan oshganini, 2025 yilning birinchi yarmida esa 253,7 million dollarga yetib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 123 foizga o‘sgani bildirdi. Yaqin istiqbolda savdo hajmini 2 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotgani qayd etildi.
Elchixona tomonidan Islomobod, Lahor va Karachida Made in Uzbekistan ko‘rgazmalari va Food Fest tadbirlari o‘tkazildi hamda umumiy qiymati 120 million dollar bo‘lgan yangi tijorat va investitsiya shartnomalari imzolandi, Lahor va Karachida O‘zbekiston-Pokiston Savdo uylari ochildi, turli idoralararo va biznes delegatsiyalarning tashriflari tashkil etildi.
Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim doirasidagi tovarlar sonini 17 tadan 100 tagacha oshirish, O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasida uch tomonlama tranzit savdo bitimi loyihasini ishlab chiqish borasida muzokaralar olib borilayotgani aytib o‘tildi.
Transport-logistika sohasiga alohida e’tibor qaratildi. Qayd etilganidek, Toshkent va Lahor o‘rtasida 2 ta, Toshkent va Islomobod o‘rtasida 1 ta aviareys amalga oshirilmoqda. Qo‘shma logistika kompaniyasini tashkil etish bo‘yicha ishlar olib davom etmoqda, mamlakat, shuningdek, Karachi va Gvadar portlaridan mintaqaviy va xalqaro bozorlarga chiqish uchun faol foydalanish niyatida ekani ta’kidlandi.
Mavzuga oid
08:49
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
10:50 / 12.06.2026