Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya O‘zbekistonda qandolat mahsulotlari zavodini ochmoqchi
O‘zbekiston elchisi Ilhom Haydarov amaliy tashrif bilan Turkiyaning Kahramonmarash viloyatiga bordi.
Foto: Dunyo
Muloqot chog‘ida to‘qimachilik, oziq-ovqat, qurilish, oshxona jihozlarini ishlab chiqarish, sug‘urta, laboratoriya uskunalari, qishloq xo‘jaligi sohalarida o‘zaro savdoni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Kahramonmarashning butun dunyoga mashhur muzqaymoq va qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarayotgan Mado kompaniyasi rahbari Mexmet Kanbur bilan alohida uchrashuv o‘tkazildi. Unda O‘zbekistonda "premium brendga" ega kompaniyaning savdo nuqtalarini kengaytirish va to‘liq sikldagi ishlab chiqarish zavodini tashkil etish imkoniyatlari xususida fikr almashildi.
Mamlakat vakillari, shuningdek, Temsan Makina va Arikan Group korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlari bilan tanishdi. O‘zbekistondagi mahalliy to‘qimachilik korxonalari bilan hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Mavzuga oid
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
09:03 / 31.01.2026
Turkiyada deportatsiya bekor qilinmadi - rasmiy izoh
14:41 / 30.01.2026
Turkiyaga ishga chiqish osonlashadi: malaka baholash va sertifikatlash boshlanadi
23:10 / 29.01.2026