Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiyaga sanksiyalar kiritish bilan tahdid qildi
22 avgustda Tramp agar Rossiya-Ukraina urushi tugamaydigan bo‘lsa, ikki haftadan so‘ng «juda muhim qaror» qabul qilishini aytgandi.
Foto: Getty images
AQSh Rossiyani Ukraina bilan muzokaralar o‘tkazish borasida oldinga siljish zarurligi haqida ogohlantirib, sanksiyalar kiritish bilan tahdid qildi, deb xabar berdi The Guardian.
Gazetaning yozishicha, bu masala 29 avgust kuni BMT Xavfsizlik kengashining shoshilinch yig‘ilishida muhokama qilingan. Yig‘ilish 27 avgust kuni Rossiya Kiyevga zarbalar berganidan so‘ng chaqirilgan.
AQShning BMTdagi maslahatchi elchisi Jon Kelli bu hujum «Rossiyaning tinchlikka intilishini shubhaga qo‘yishi»ni bildirgan. U Rossiya va Ukraina prezidentlari o‘zaro uchrashuv o‘tkazish borasida kelishib olishlari kerakligini ta’kidlagan.
Kelli agar nizo yakunlanmaydigan bo‘lsa, prezident Donald Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritishini eslatib o‘tgan.
27 avgustdan 28 avgustga o‘tar kechasi Rossiya mudofaa vazirligi Ukrainadagi harbiy-sanoat majmualari va harbiy aviabazalarga zarba berilganini ma’lum qilgandi.
Avvalroq, 22 avgustda Tramp agar Rossiya-Ukraina urushi tugamaydigan bo‘lsa, ikki haftadan so‘ng «juda muhim qaror» qabul qilishini aytgandi.
Mavzuga oid
11:33
Tramp Makronga 200 foizlik boj kiritish bilan tahdid qildi
21:52 / 19.01.2026
O‘zbekiston AQShda uchta yangi konsullik ochadi - elchi
21:49 / 19.01.2026
Eron prezidenti Oliy rahbarga suiqasd urush e’lon qilishga barobarligini aytdi
18:46 / 19.01.2026