Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda Xitoy kompaniyasi bilan oqava suvni qayta ishlash bo‘yicha qo‘shma loyiha amalga oshiriladi
Guandun provinsiyasi yetakchi kompaniyalari vakillari biznes-missiya bilan O‘zbekistonda bo‘ldi.
Xususan, "PK Environmental" kompaniyasi delegatsiyasi Buxoro viloyati va shahar hokimliklarida qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muzokaralar davomida O‘zbekistondagi to‘qimachilik korxonalari va mato ishlab chiqarish zavodlari uchun cuv tozalash loyihalarini amalga oshirish texnik va moliyaviy ko‘rsatkichlarni, shuningdek, Buxoro shahrida oqava suvni qayta ishlash bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslarni birgalikda ishlab chiqishga kelishildi.
Shuningdek, "Zhongshan Material Group" kompaniyasi boshqaruvi raisi Xe Sitian O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Buxoro viloyati hokimligi mutasaddilari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Mavzuga oid
20:05 / 15.07.2026
NATO nega Xitoyni strategik raqib sifatida ko‘ra boshladi?
18:11 / 15.07.2026
Xitoy avtomobil bozori jahon reytingida 1-o‘rinni egalladi
18:33 / 13.07.2026
Bigme ikkita ekranli HiBreak Dual 2 smartfonini taqdim etdi
08:50 / 13.07.2026