Jahon | 15:17 / 01.09.2025
3307
2 daqiqa o‘qiladi

Fridrix Mers: Ukrainadagi urush uzoq davom etadi

«Agar Ukraina taslim bo‘lib, mustaqilligini yo‘qotsa» urushni tezda tugatish mumkin bo‘lardi, biroq bu «variant emas», dedi Germaniya kansleri ZDF nashriga bergan intervyusida.

Foto: Annegret Hilse/REUTERS

Ukrainadagi urush uzoq vaqt davom etishi mumkin, dedi Germaniya kansleri Fridrix Mers 31 avgust, yakshanba kuni ZDF telekanaliga bergan intervyusida. Germaniya hukumati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, urushlar yo «tomonlardan birining harbiy mag‘lubiyati» bilan tugaydi, bunga na Moskva, na Kiyev hozircha yaqin emas, yoki «iqtisodiy va/yoki harbiy charchoq» bilan yakunlanadi, Mersning so‘zlariga ko‘ra, bu ham hozir kuzatilmayapti.

Fridrix Mery Yevropa va AQShning sa’y-harakatlari urushni «iloji boricha tezroq» tugatishga qaratilganini ta’kidladi. Biroq, urushni tezroq tugatish «agar Ukraina taslim bo‘lsa va mustaqilligini yo‘qotsa» mumkin bo‘lardi, ammo bu «variant emas», dedi Germaniya kansleri. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday ssenariyda keyingi mamlakat hujumga duchor bo‘ladi, «va bir necha kundan keyin — o‘zimiz», deb Mers ogohlantirdi.

O‘t ochishni to‘xtatgandan so‘ng Ukrainaga g‘arbning quruqlikdagi qo‘shinlarini yuborish ehtimoli haqidagi savolga Fridrix Mers hozirda bu Kiyevning «ittifoqdoshlari orasida asosiy mavzu emasligini» aytdi. «Birinchi ustuvor vazifa — Ukraina armiyasi uzoq muddatda o‘z mamlakatini himoya qila olishi uchun uni qo‘llab-quvvatlashdir», dedi Mers.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid