Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQSh-Ukraina-Rossiya formatida uchrashuv o‘tkazishga va’da berdi
AQSh prezidentining Ukraina-Rossiya ikki tomonlama sammiti ehtimoliga ishonchi komil emas. Tramp bo‘lajak uch tomonlama uchrashuv davlat rahbarlari darajasida o‘tkazilishiga aniqlik kiritmadi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya, Ukraina va AQSh o‘rtasida uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tishiga ishonchi komil. Amerika prezidenti ikki tomonlama Ukraina-Rossiya sammiti ehtimoliga ishonmayapti. Bu haqda Oq uy rahbari Daily Caller nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Shu bilan birga, Donald Tramp rejalashtirilgan uchrashuv davlat rahbarlari darajasida o‘tkazilishiga aniqlik kiritmadi.
AQSh prezidenti o‘z shubhalarini tushuntirar ekan, Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarshi urushini yana o‘yin maydonchasida jang qilayotgan bolalarga qiyosladi. «Bir muncha vaqt o‘tgach, ular to‘xtashdan xursand bo‘lishadi, bilasizmi? Bu deyarli bir xil. Ba’zan ularni to‘xtatishingiz uchun biroz kurashishi kerak. Lekin bu uzoq vaqtdan beri davom etmoqda. Ko‘p odamlar halok bo‘ldi», — dedi Tramp.
Oval kabinetda Daily Caller jurnalisti bilan suhbatda Oq uy rahbari Vashington xavfsizlik kafolatlari doirasida Ukrainaga o‘z qo‘shinlarini yubormasligini yana bir bor tasdiqladi. Tramp kafolatlar asosan Yevropa davlatlari tomonidan berilishini, AQSh esa yordam taqdim etishini ta’kidladi.
Mavzuga oid
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
20:36 / 04.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni AQSh Mustaqillik kuni bilan tabrikladi
18:34 / 04.07.2026
Ukraina Peterburgga hujum qildi
17:15 / 04.07.2026