Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeK rahbari: Yevropa Ukrainaga qo‘shin yuborish rejasini ishlab chiqmoqda
Ursula fon der Lyayyenning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa mamlakatlarida allaqachon AQSh ko‘magini o‘z ichiga olgan «aniq yo‘l xaritasi» mavjud.
Foto: Nicolas Tucat/AFP/Getty Images
Yevropa davlatlari Kiyev uchun xavfsizlik kafolatlaridan biri sifatida urush tugaganidan keyin Ukrainaga harbiy kontingentni joylashtirish bo‘yicha «juda aniq rejalar» ishlab chiqmoqda. Bu haqda 31 avgust, yakshanba kuni Financial Times gazetasiga bergan intervyusida Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen aytib o‘tdi.
Fon der Lyayyenning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa davlatlari allaqachon «aniq yo‘l xaritasi»ga ega bo‘lib, unda AQSh ko‘magi ham bor: «Biz Oq uyda kelishuvga erishdik. Ish juda yaxshi ketmoqda». YeK rahbarining ta’kidlashicha, har bir davlat qo‘shin yuborish bo‘yicha o‘zi qaror qabul qiladi, biroq uning fikricha, kelajakdagi missiya shakllanmoqda.
Yevropa komissiyasi xavfsizlik kafolatlari doirasida Ukraina qurolli kuchlari (UQK)ni moliyalashtirishning yangi manbalarini ko‘rib chiqmoqchi. Tinchlik kelishuvidan so‘ng Kiyevga «yaxshi maosh va, albatta, zamonaviy qurollarga muhtoj bo‘lgan juda ko‘p sonli askarlar kerak bo‘ladi. Bunda YeI ishtirok etishi aniq», dedi Ursula fon der Lyayyen FT nashriga bergan intervyusida. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi tinchlik kelishuvidan keyin ham ukrainalik harbiylarni o‘qitish uchun to‘lashda davom etadi.
Mavzuga oid
17:25 / 19.01.2026
Yevropa va Lotin Amerikasi vakillari dunyodagi eng yirik erkin savdo hududi bo‘yicha kelishuv imzoladi
09:02 / 19.01.2026
Yevropa davlatlari: Trampning tahdidlariga javob yakdil bo‘ladi
07:25 / 19.01.2026
Yevropadagi eng uzun quruqlik chegaralari: infografika
22:43 / 17.01.2026