Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva Samarqanddagi Andrea Bochelli konsertiga yuqori baho berdi
Tadbirning UNESCO shafeligida o‘tkazilgani uning dunyo madaniyatidagi o‘rni nechog‘lik ahamiyatli ekanini ko‘rsatdi, deb yozdi u.
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Samarqandda bo‘lib o‘tgan italiyalik tenor Andrea Bochelli konsertiga yuqori baho berdi.
«Samarqand kun sayin xalqaro madaniy almashinuv markaziga aylanib bormoqda. Boy tarixiy merosga ega ushbu qadimiy shahar bugun turli xalqlarning madaniyati va an’analarini jamlagan maydon sifatida o‘zini namoyon etmoqda. Bu bilan mamlakatimiz va butun mintaqa uchun yangi istiqbolli imkoniyatlarga yo‘l ochilayotgani shubhasiz.
Taniqli tenor Andrea Bochellining 1 sentabr kuni Registon maydonida bo‘lib o‘tgan konserti bunga yana bir isbot bo‘ldi. San’atkorning betakror ovozi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri jo‘rligida maydon uzra jarangladi. Tadbirning UNESCO shafeligida o‘tkazilgani uning dunyo madaniyatidagi o‘rni nechog‘lik ahamiyatli ekanini ko‘rsatdi», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.







Mavzuga oid
17:16 / 01.07.2026
«Tamerlano» operasi Parijni zabt etdi - Saida Mirziyoyeva
18:37 / 30.06.2026
Saida Mirziyoyeva YuNeSKO bosh direktori bilan uchrashdi
08:17 / 30.06.2026
Saida Mirziyoyeva: Fransiya bilan strategik sheriklik yanada mustahkamlanadi
16:27 / 26.06.2026