Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Bosh shtabi: Gerasimov Rossiya muvaffaqiyatsizliklarini yashirishga harakat qilmoqda
Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Gerasimovning muvaffaqiyatli «mavsumiy» hujum haqidagi bayonoti Rossiya operatsiyalaridagi muvaffaqiyatsizliklarni yashirishga urinishdir, deya ta’kidladi Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi. Unga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi biror yirik shaharni qo‘lga kiritmagan.
Foto: Maksym Kishka/REUTERS
Ukraina Qurolli Kuchlari (UQK) qo‘mondonligi Rossiyaning so‘nggi bir necha oy ichida armiya hujumidagi taxminiy muvaffaqiyatlari haqidagi da’volarini shubha ostiga qo‘ydi. Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimovning tegishli bayonotlariga qaramay, «Rossiya qo‘shinlari hech qanday yirik shahar ustidan to‘liq nazorat o‘rnatgani yo‘q», deya ma’lum qildi.
Ukraina qo‘mondonligiga ko‘ra, Gerasimov «orzularini haqiqat sifatida ko‘rsatishga» va «2025 yil bahor-yozgi kampaniyasi natijalari» haqida yolg‘on ma’lumot tarqatishga uringan, chunki Rossiya Federatsiyasining so‘nggi «mavsumiy» hujumi «deyarli hech qanday natija» tugagan.
«Okkupantlar tomonidan bosib olingan hududlar va aholi punktlari bo‘yicha taqdim etilgan raqamlar sezilarli darajada oshirib yuborilgan», — deya ta’kidladi Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi. Shu bilan birga, Rossiya Qurolli kuchlarining Ukrainaning yangi hududlarini egallab olishga urinishi natijasi ularning katta miqyosdagi yo‘qotishlaridir, deyiladi bayonotda. «Yil boshidan buyon Xarkiv, Luxansk va Donetsk viloyatlaridagi janglarda rossiyaliklar qariyb 210 ming askarini yo‘qotdi, ular halok bo‘ldi yoki yaralandi, 2174 ta jangovar zirhli texnika, 1201 tank, 7303 ta artilleriya tizimi va 157 ta reaktivlar yo‘q qilindi», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
15:08 / 17.01.2026
Ukraina sudi Timoshenko uchun 661 ming yevro garov belgiladi
14:28 / 17.01.2026
Shmixal: Ukrainada Rossiya zarbalaridan zarar ko‘rmagan elektr stansiyalari qolmadi
13:17 / 17.01.2026
Zelenskiy: Ukraina delegatsiyasi AQShga yo‘l oldi
12:17 / 17.01.2026