Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armaniston bosh vaziri samolyoti 30 yil ichida birinchi marta Ozarboyjon ustidan uchib o‘tdi
Yerevan Bokudan parvoz uchun ruxsat so‘ragan va uni olgan.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan borti Ozarboyjon havo hududidan foydalandi, deb xabar berdi uning matbuot kotibi Nazeli Bagdasaryan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yerevan Bokudan parvoz uchun ruxsat so‘ragan va uni olgan.
«Armaniston bosh vazirining samolyoti 30 avgustdan 31 avgustga o‘tar kechasi Ozarboyjon havo hududi orqali xorijiy tashrif bilan uchib ketdi va 6 sentabrga o‘tar kechasi Armanistonga qaytdi», dedi u.
Uning eslatishicha, Ozarboyjon samolyotlari uzoq vaqtdan beri Armaniston havo hududi orqali parvoz qilmoqda.
8 avgust kuni Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev harbiy harakatlarni to‘xtatish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi. Marosim Oq uyda AQSh prezidenti Donald Tramp ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi mojaro tufayli Armaniston samolyotlari so‘nggi 30 yil ichida Ozarboyjon havo hududidan foydalanmayotgan edi.
Mavzuga oid
08:44
Ukraina hech qachon okkupatsiyaga rozi bo‘lmasligi lozim – Aliyev
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
14:14 / 22.06.2026
Ozarboyjon elchisiga «Mehnat shuhrati» ordeni topshirildi
19:01 / 16.06.2026