Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda Eron kompaniyasi qiymati 15 mln dollarlik eko va turizm kompleksi quradi
Loyiha Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida amalga oshiriladi. Investor – Eronning Kapa Yurt Soon kompaniyasi. Loyiha tuzni qazib olish, qayta ishlash va qadoqlash liniyasini yaratish, shuningdek, tuz basseynlari, vannalar, sog‘lomlashtirish markazlari va 500 o‘rinli 100 modulli mehmonxonalarni o‘z ichiga olgan tibbiy va turistik majmualarni qurishni o‘z ichiga oladi.
Surxondaryo viloyati hokimligiga ko‘ra, Sherobod tumanidagi tuz konida qiymati 15 mln dollar bo‘lgan eko va tibbiy turizm kompleksi barpo etiladi. Loyiha Eronning Kapa Yurt Soon kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.
27 avgust kuni viloyat hokimi Eronning Kapa Yurt Soon kompaniyasi direktori bilan uchrashdi. Investor tomonidan Xo‘jaykon tuz g‘orida ekologik va tibbiy turizm yo‘nalishida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti o‘tkazilib, ularning texnik-iqtisodiy asoslari va istiqbolli natijalari haqida ma’lumot berildi.
Tomonlar mutaxassislar ishtirokida loyihani batafsil ishlab chiqish, joy tanlash va yo‘nalishlarni belgilash, shuningdek, amalga oshirish bosqichlari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga kelishib oldi. Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati Xo‘jaykon tuz g‘orida yangi turistik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha “qator kompaniyalar”dan takliflar tushayotganini ta’kidladi.
Hokimlikning xabar berishicha, Xo‘jaykon tuz g‘ori va unga tutash hududda “Kapa Yurt” investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. Loyiha uch bosqichda - 2025 yildan 2035 yilgacha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Loyiha tuzni qazib olish, qayta ishlash va qadoqlash liniyasini yaratish, shuningdek, tuz basseynlari, vannalar, sog‘lomlashtirish markazlari va 500 o‘rinli 100 modulli mehmonxonalarni jamlagan tibbiy va turistik majmualarni qurishni o‘z ichiga oladi.
Bundan tashqari, loyiha doirasida ijtimoiy infratuzilma obektlari, amfiteatr, hunarmandchilik markazlari va tuz muzeyi barpo etish ko‘zda tutilgan. Ko‘kalamzorlashtirilgan hududlarga 200 mingga yaqin daraxt ekish, 1 gektar maydonda sun’iy sho‘r ko‘l barpo etish rejalashtirilgan. Turistik zonaga elektr, gaz, internet, mobil aloqa va temiryo‘l infratuzilmasiga ulanishni ta’minlaydigan yo‘llar va kommunal tarmoqlar olib boriladi.
Loyiha amalga oshirilishi natijasida 250 ta yangi ish o‘rni yaratilib, har yili 200 ming xorijiy va mahalliy sayyohlar jalb etiladi. Shuningdek, tuzning sanoat eksportini yo‘lga qo‘yish ham rejalashtirilgan.
Rasmiy xabarga ko‘ra oxirgi yillarda viloyatga turistlar oqimi keskin oshmoqda. Agar 2018 yil davomida Surxondaryoga 21 ming nafar xorijiy turist tashrif buyurgan bo‘lsa, hozirda bir oyda keluvchilar soni 20 mingdan oshmoqda.
Avvalroq, Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida qiymati 140 mlrd dollarlik ekoturizm kompleksi qurilishi ma’lum qilingandi.
Mavzuga oid
20:58 / 08.06.2026
Surxondaryoda Aleksandr Fedin barpo etgan bog‘ saqlab qolinadigan bo‘ldi
13:33 / 08.06.2026
Surxondaryoda ham IIB xodimi voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda gumonlanmoqda
08:51 / 03.06.2026
Surxondaryoda suv omborida qayiq ag‘darilishi oqibatida bir fuqaro cho‘kib ketdi
11:00 / 15.05.2026