Jahon | 18:21 / 06.09.2025
5169
1 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy Putin taklifiga ko‘ra Moskvaga borishni istamadi va uni Kiyevga taklif qildi

Ukraina rahbari o‘z mamlakati bombardimon qilinayotgan paytda Moskvaga borolmasligini ta’kidladi.

Foto: ZUMAPRESS.com/Sputnik

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 5 sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning diplomatik kelishuv bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun Moskvaga borish taklifini rad etdi, bu haqda birinchi marta ABC News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«U Kiyevga kelishi mumkin. Mamlakatim har kuni raketa zarbalariga, hujumlarga uchrayotgan bir paytda Moskvaga borolmayman. Men bu terrorchining poytaxtiga bora olmayman. Putin buni tushunadi», dedi u.

Zelenskiy Putin o‘zi bilan uchrashmoqchi emasligini bir necha bor ta’kidlagan, chunki u «Ukrainada urush olib borishda davom etmoqda».

3 sentabr kuni Rossiya prezidenti «hech qachon Zelenskiy bilan uchrashishga qarshi bo‘lmaganini» aytdi.

Avvalroq Putin «agar Zelenskiy tayyor bo‘lsa, Moskvaga kelsin, unga 100 foiz xavfsizlik kafolati beriladi» degan edi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid