Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainadagi harbiy mojaroda 92 nafar AQSh fuqarosi halok bo‘ldi – OAV
Ukraina armiyasiga qo‘shilgan amerikaliklar soni «bir mingdan bir necha minggacha» bo‘lishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.
Ukraina hududidagi harbiy mojaro chog‘ida Ukraina tomonida jangovar harakatlarda qatnashgan 92 nafar AQSh fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda The New York Times Ukraina tarixi muzeyi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi. Nashrning ta’kidlashicha, Ukraina armiyasiga jami «bir mingdan bir necha minggacha» amerikalik qo‘shilgan bo‘lishi mumkin.
NYT ma’lumotlariga ko‘ra, urushda qatnashgan amerikaliklar orasida asosan iste’fodagi harbiylar bo‘lib, ular ukrainalik harbiylar bilan teng xizmat qilgan va bir xil to‘lov olgan: oyiga taxminan 1 ming dollar asosiy maosh va 3 ming dollargacha jangovar ustamalar.
Ukraina armiyasiga AQSh fuqarolarining asosiy oqimi 2022 yildagi mojaroning dastlabki oylarida kuzatilgan. Gazetaning ta’kidlashicha, mojaroga Ukraina tomonida qo‘shilgan amerikaliklar orasida nafaqat sobiq harbiylar, balki tinch aholi vakillari, shuningdek, ayollar, jumladan, tibbiyot xodimlari ham bor.
Ukraina Mudofaa vazirligi urushda qatnashgan amerikalik harbiylar haqida hech qachon ma’lumot bermagan.
Mavzuga oid
11:30
Rinkevichs: Ukrainada tinchlikka Yevropa ishtirokisiz erishib bo‘lmaydi
09:50
Sumidagi hujumda besh yoshli qizaloq va onasi halok bo‘ldi
22:57 / 03.07.2026
Donald Trampga 321 ta olmos ko‘zli uzuk sovg‘a qilindi - OAV
21:48 / 03.07.2026