Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev, Japarov va Rahmon Tolstoy nomidagi Xalqaro tinchlik mukofoti bilan taqdirlandi
Uch mamlakat yetakchilari Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissalari uchun ushbu mukofotga munosib deb topildi.
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston prezidentlari Shavkat Mirziyoyev, Sadir Japarov va Emomali Rahmon Lev Tolstoy nomidagi Xalqaro tinchlik mukofoti bilan taqdirlandi. Bu haqda hakamlar hay’ati raisi, Rossiya Federatsiyasi xalq artisti, Bolshoy va Mariinskiy teatrlari badiiy rahbari Valeriy Gergiyev ma’lum qildi.
Gergiyevning so‘zlariga ko‘ra, hakamlar hay’ati bir ovozdan ushbu nomzodlarga ovoz bergan.
Tashkiliy qo‘mitaning ta’kidlashicha, uch mamlakat yetakchilari Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissalari uchun ushbu mukofotga loyiq deb topildi.
Tolstoy mukofoti Rossiya Tarix jamiyati va Rossiya Tinchlik fondi tomonidan ta’sis etilgan bo‘lib, u tinchlikni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan xizmatlari uchun beriladi.
Ushbu mukofot hay’ati Argentina, Belarus, Hindiston, Xitoy, Rossiya, Fransiya, JAR va Yaponiya mamlakatlarining siyosiy va jamoat arboblaridan tashkil topgan.
Mavzuga oid
20:20 / 04.06.2026
Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga amaliy tashrifi boshlandi
22:46 / 02.06.2026
Madaniyat, san’at va adabiyot sohasi uchun keng ko‘lamli imtiyozlar e’lon qilindi
22:05 / 02.06.2026
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiyaga boradi
14:24 / 02.06.2026