Prezident raisligida ötkazilgan videoselektor yiğilişida mamlakatda har yili örtaça 65 mingta yakka tartibdagi uy-joy qurilayotgani va 200–250 ming xonadon ta’mirlanayotgani qayd etildi.
Davlat rahbari aholi orasida energiya tejamkor quriliş materiallarining afzalliklari haqidagi tuşunçalarni kengaytiriş zarurligini ta’kidladi.
Ma’lum qilinişiça, mamlakatda xonadonlarni isitiş uçun iqtisodiyotda iste’mol qilinayotgan tabiiy gazning 20 foizi va elektr energiyasining 11 foizi sarflanadi. Agar uylarning fasadi va tom qismi issiqlik saqlovçi materiallar bilan qoplanib, energiya tejamkor oynalar örnatilsa, energiya sarfini 30 foizgaça kamaytiriş mumkin.
Yiğilişda Fransiya va Buyuk Britaniya kompaniyalari işlab çiqqan yangi loyihalaş yondaşuvi asosida Qaşqadaryo viloyatining Qamaşi tumanida 4 ming xonadonli «Yangi Özbekiston» massivi qurilayotgani ta’kidlandi. Loyihada töliq mahalliy energiya tejamkor quriliş materiallaridan foydalanilmoqda. Bu esa quriliş tannarxini kamida 20 foizga arzonlaştiriş, uylarni isitiş va sovitiş xarajatlarini esa 30 foizgaça qisqartiriş imkonini beradi.
Prezident viloyat, tuman va şahar hokimlariga Qamaşi tajribasini örganib, joriy yildan «Yangi Özbekiston» qiyofasi şakllantiriladigan 33 ta tuman va şahardagi köp qavatli uy-joylarni aynan şu yondaşuv asosida qurişni ta’minlaş vazifasini yukladi.
Şuningdek, mas’ullarga xonadonlar qurilişi va ta’mirida energiya tejamkor materiallarga ötiş böyiça tavsiyalar işlab çiqiş, ularni mamlakatdagi 19 mingta quriliş korxonasiga yetkaziş hamda «yaşil ta’mir» dasturi doirasida beriladigan imtiyozlar haqida har bir mahalla va xonadonni xabardor qiliş topşirildi.
Yiğilişda quriliş materiallari eksportini kengaytiriş masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Qayd etilişiça, qöşni davlatlar har yili 13 milliard dollarlik quriliş materiallarini import qiladi va Markaziy Osiyo mamlakatlarining öziga eksportni qöşimça 440 million dollarga oşiriş imkoniyati mavjud.
Şu munosabat bilan tarmoq rahbarlari va hokimlarga quriliş materiallari işlab çiqaruvçilari hamda developerlarni özaro boğlab, Ozarboyjon, Gruziya, Rossiya, Qozoğiston va Qirğiziston bozorlariga çiqiş, Boku, Tbilisi, Moskva, Ostona va Bişkek şaharlarida energiya tejamkor namunaviy uylar qurib, ularni namoyiş etiş böyiça topşiriqlar berildi.

















