Jahon | 22:45 / 09.09.2025
4565
2 daqiqa o‘qiladi

Yaqinlarini zaharlab o‘ldirgan avstraliyalik ayol umrbod qamoq jazosini oldi

Qarindoshlarini qasddan zaharli qo‘ziqorin bilan mehmon qilgan Erin Patterson uzoq muddatga qamaldi.

Foto: AP

Uch nafar qarindoshini zaharli qo‘ziqorin bilan zaharlagan avstraliyalik Erin Patterson 8 sentabr kuni kuni umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.

Melburndagi Viktoriya shtati Oliy sudi sudyasi Kristofer Bil uch nafar qarindoshini o‘ldirgani va yana bir kishini o‘ldirishga uringani uchun Erin Patterson umrining qolgan qismini qattiq rejimli qamoqxonada o‘tkazishi va nazariy jihatdan faqat 2056 yilda, 83 yoshga to‘lganida muddatidan oldin ozodlikka chiqishi mumkinligi haqida qaror chiqardi.

Shu yil iyul oyida hakamlar hay’ati Erin Pattersonni uch kishini qasddan o‘ldirganlikda va yana bir kishini o‘ldirishga urinishda aybdor deb topgan edi.

Qayd qilinishicha, 2023 yil yozida Patterson sobiq erining ota-onasini, uning xolasi va uning erini kechki ovqatga taklif qilgan va ularga go‘shtli/qo‘ziqorinli taom bergan. Keyinchalik, sobiq erining ota-onasi va xolasi zaharlanishdan vafot etgan, biroq shifokorlar xolasining eri hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, Pattersonning sobiq eri ham kechki ovqatga taklif qilingan, biroq u kelmagan.

Ma’lum qilinishicha, Patterson va sobiq eri o‘rtasida aliment bo‘yicha ziddiyat bo‘lgan. Ayol erining ota-onasidan yordam kutgan, biroq, ular mojaroga aralashmagan.

Pattersonning advokatlari sudda zaharli qo‘ziqorinlar taomga tasodifan tushib qolganini va unda qotillik niyati bo‘lmaganini ta’kidladi.

Hakamlar hay’ati o‘z qarorini qabul qilish uchun olti kun muhokama o‘tkazdi.

Mavzuga oid