Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroqda o‘g‘irlab ketilgan Rossiya-Isroil fuqarosi ozod qilindi
Donald Trampga ko‘ra, Bag‘dodda o‘g‘irlab ketilgan rossiyalik isroillik olim Elizabet Tsurkov «hozir Amerikaning Iroqdagi elchixonasida xavfsiz holatda».
Foto: Facebook / Elizabeth Tsurkov
2023 yilda Iroqda jangchilar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan Rossiya-Isroil fuqarosi Elizabet Tsurkov asirlikdan ozod etildi va hozir AQSh himoyasida, dedi 9 sentabr, seshanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp. «Xabar berishdan mamnunman, Elizabet Tsurkov, Prinston talabasi, uning singlisi AQSh fuqarosi hisoblanadi. U ozod etildi va bir necha oylik qiynoqlardan so‘ng hozir AQShning Iroqdagi elchixonasida xavfsiz holatda», deb yozdi u Truth Social'da.
Tramp «doim adolat uchun kurashishini» qo‘shimcha qildi va Falastinning HAMAS harakatidan ham G‘azo sektorida garovga olinganlarni zudlik bilan ozod etishni talab qildi.
Iroq bosh vaziri Muhammad al-Sudaniy Elizabet Tsurkov ozod etilganini tasdiqladi. «Biz yana bir bor tasdiqlaymizki, qonunlar ijrosi va davlat hokimiyatini qo‘llab-quvvatlashda yumshoqlik ko‘rsatmaymiz hamda hech kimga Iroq va iroqliklarning obro‘siga putur yetkazishiga imkon bermaymiz», — dedi u Facebookʼdagi bayonotida.
Mavzuga oid
12:11 / 21.03.2026
NATO Erondagi urush sabab Iroqdagi missiya xodimlarini olib chiqmoqda
15:03 / 13.03.2026
Iroqdagi harbiy bazaga dron zarbasi oqibatida fransuz harbiysi halok bo‘ldi
11:10 / 13.03.2026
Iroqda Amerika samolyoti quladi
15:21 / 05.03.2026