Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi savdo aylanmasi 30 foizga oshdi
Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi rasmiy veb-saytida 2025 yilning birinchi yarmida ushbu mamlakatning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bozorlari bilan savdo aylanmasi to‘g‘risida statistik ma’lumotlar e’lon qilindi.
Foto: iStock / bugphai
Germaniya iqtisodiyotining Sharqiy qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan 2025 yilning birinchi yarmiga oid rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, GFRning Markaziy Osiyo davlatlari bilan umumiy savdo aylanmasi 2024 yilning shu davriga nisbatan 14,5 foizga pasaygan holda 5 milliard yevroni tashkil etdi.
Biroq, mazkur statistikada O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasidagi savdo hajmi barqaror o‘sishni ko‘rsatgani qayd etilgan. "Xususan, O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi o‘zaro savdo aylanmasi 504 million yevrodan 658 million yevroga oshdi. O‘sish 30 foizga teng. O‘zbekistonning Germaniyaga eksport hajmi qariyb ikki barobarga — 82 foizga, import esa 27 foizga oshgan", – deyilgan maqolada.
Mazkur o‘sish Germaniya biznes doiralari uchun O‘zbekistonni ishonchli va diversifikatsiyalangan savdo hamkor sifatida ko‘rish imkonini bermoqda. Shu bilan birga, ushbu tendensiya mintaqadagi ta’minot zanjirlarining qayta shakllanishi va transport-logistika yo‘nalishlarining transformatsiyasini ham aks ettiradi.
Nashr yakunida, "O‘zbekiston savdo-iqtisodiy sohada Germaniya uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Bu holat mintaqada yangi logistika yo‘llarining shakllanishi va ta’minot zanjirlarining qayta moslashuvi jarayonlarini ham o‘zida namoyon qilmoqda", – deb yozgan.
Mavzuga oid
13:37 / 14.01.2026
Germaniya, Fransiya, Italiya va Britaniya Eron elchilarini TIVga chaqirdi
12:13 / 14.01.2026
Arktika xavfsizligi: Germaniya Rossiya va Xitoy tahdidlariga ishora qildi
18:18 / 12.01.2026
Rossiya-Ukraina urushi davomiyligi bo‘yicha SSSR-Germaniya urushiga tenglashdi
15:39 / 12.01.2026