Qurilişga ruxsat oliş va “Şaffof quriliş” tizimi – soha çindan korrupsiyalaşganmi?
|14:58 / 11.09.202511 48913 min
Yaqinda quruvçi tadbirkor qurilişga ruxsat olişda korrupsiyaviy sxemalar mavjudligi, "salom-alik" qilinmasa iş bitmasligi haqida gapirgandi. Quriliş vazirligi esa buni inkor etib, tizim şaffof işlaşini aytdi. Xöş, tadbirkor qanday korrupsiya haqida gapirdi, vazirlik nega buni tan olmayapti? Muammo nimada? Kun.uz şu kabi savollarni Quriliş vazirligi rasmiylari hamda mutaxassislar bilan jonli efirda tahlil qildi.
Suhbatda Savdo-sanoat palatasidagi oçiq muloqotda çiqiş qilgan tadbirkorning özi Usman Abdusamatov, quriliş sohasida ekspert Abdulaziz Obidov, Toşkent şahar Quriliş boş boşqarmasi boşliği Aziz Xudoynazarov, "Şaffof quriliş" milliy axborot tizimi loyiha menejeri Eldorbek Siddiqov iştirok etdi. Quyida intervyudan qisqa şarh keltiriladi.
Arizalar asossiz rad qilinyapti – tadbirkor
Dastlab Abdusamatov qurilişga ruxsatnoma rasmiylaştiriş va unga oid hujjatlarni oliş qiyinçilik tuğdiryotgani haqida gapirdi. Uning tuşuntirişiça, quruvçilar onlayn ariza yuborgan vaqtda mas’ullar tomonidan asossiz rad etiliş holatlari uçraydi.
“Xöp, yerni sotib olgandan keyin, bizning holatimizda yerni auksionda sotib olganmiz, lekin boşqa hollarda fuqarodan sotib olingan. Endi öşa kadastrning hujjatlarini şakllantirib, keyingi jarayonga yuboriş [bor], hammasi onlayn bölyapti, lekin öşa onlayn tarzda [hujjatlarni tasdiqlaş] “knopkasi”ni tasdiqlovçi şaxslar bor.
Öşa tasdiqlovçi şaxslar ayrim sabablarga köra, endi köp hollarda noma’lum sabablarga köra, aniq javob bermasdan turib “otkaz” bosib yuborgani juda köp. Şu “otkaz”lar bilan keyin iş olib borilganda odamlar yoki taniş-biliş, yoki biz aytganimizdek korrupsion holatga majbur kirib qolyapti. Sababi, şu masalani hal qilişga odamlar endi yerni sotib olib bölgan. Bu tezroq quriliş qilib, tezroq topşirilmasa, yer soliği, boşqa mulk soliqlari – xarajatlari köpayib boradi. Şuning uçun odam öşa “knopka”ni tezroq bostirişga harakat qiladi”, – dedi u.
Abdusamatov obektni aynan kadastr röyxatidan ötkaziş bosqiçida belgilangan muddatlarga amal qilinmayotganini, oxirgi kunda şablon javob bilan arizalar rad qilinişini bildirdi.
“Oddiygina bir törtta sözdan iborat: “Hujjatlaringizda qarama-qarşilik bor” yoki “kamçilik mavjud” deb turib javob berib qöyadi. Lekin özi aslida ikki dona hujjat: kadastr va oldi-sotdi şartnoma. Böldi, boşqa hujjat talab etilmaydi. Undan keyingi bosqiçlarda hujjatlar köpayib boraveradi. Har bitta poğona şunaqa, onlayn beriladi. Arizani tasdiqlovçi şaxslar tasdiqlaşini çözib yuborgani muammo keltiryapti quruvçilarga”, – dedi u.
Mavzuga oid
Amaldagi qonunçilik bilan quriliş sohasiga oid ma’muriy reglament belgilab berilgan. Unga köra, yer sotib olinib, kadastrdan röyxatga olingaç, unga arxitektura-rejalaştiriş topşiriği işlab çiqilişi, loyiha-smeta hujjatlari kelişilişi, quriliş-montaj işlarini boşlaş uçun ruxsatnoma olinişi talab etiladi.
Tadbirkor mana şu bosqiçlarda ham muammolar yuzaga kelişiga işora qilgan.
Loyihalarni bittalab körib çiqişga vaqt, quvvat yetmaydi – Quriliş vazirligi
Toşkent şahar Quriliş boş boşqarmasi boşliği Aziz Xudoynazarov yuqoridagi e’tirozlarga izoh berarkan, dastlab uning tartibiga töxtaldi.
“Endi bu kişi, menimça, loyihalarni kelişiş jarayonini nazarga tutdilar: öşa tegişli organlar kelişib, tegişli e’tirozni bildirmay, bizga rad javobini beryapti deb. Töğri, haqiqatan ham bu kişi yutib olingan yerga özlari loyiha takliflarini işlab çiqqanlar, öşa litsenziyasi bor loyiha taşkiloti bilan birgalikda va u işlab çiqqan loyihasi elektron tizim orqali loyihani kelişiş uçun şahar quriliş boşqarmasi tizimiga jönatiladi va u birinçi navbatda öşa tumandagi pojarniy, SES, ekologiya va Özkomnazorat degan taşkilotlar bilan “knopka” bosib kelişilgandan keyin u töğridan-töğri şahar komissiyasiga ötkaziladi va şahar komissiyasining kengaşida u narsa körib çiqiladi.
Yaqinda biz Quruvçilar assotsiatsiyasida ham mana şunaqa yiğiliş bölib, loyihaçilar, tadbirkorlar keldi. Sizlarga öxşab mana şunday sal hujjatida muammo bölgan yoki qanaqadir bir tuşunmovçilik bölgan, öşa yerda ham iştirok etdik. Mana kengaşlarimiz böladi, kelinglar, qatnaşinglar. Sababi, öşa tadbirkor ham, loyihaçi ham özining pozitsiyasini himoya qilsin.
Çunki bizda ham obektlar soni köp. Qanaqadir bir kimgadir qasddan [iş qilinmaydi]. Elektronda keladi, elektronni köramiz, elektron javob beramiz. Yoki bu palonçaniki yo bu pistonçaniki deb unaqa javob beradigan bölsak, u bu notöğri bölib qoladi. Sababi, hammasi teng huquqli. Tadbirkorlikka yerni oldimi, tadbirkorlik qilişga haqqi bor, öşa qonun böyiça”, – dedi u.
Xudoynazarovga köra, har hafta arxitektorlar kengaşiga 60-70 ta obekt loyihasi köriş uçun yuboriladi va ularni örganişga kengaşda vaqt ham, odam ham yetarliça mavjud emas.
“Viloyatlar, respublika böyiça gapiradigan bölsak, obektlar, agar har bittasini bittadan köradigan bölsak, har kuni 22 ta komissiyani yiğişga imkoniyat yöq. Haftada bir kun belgilangan, masalan juma kuni. Juma kuni soat uçda. Doimiy komissiya a’zolari bor unda. Masalan, ungaça komissiya yiğilgunça ham biz hamma materiallarni yiğamiz. Uni bu yerda savolnomasini qöyib qöyamiz: qanaqa obekt, neça xonadon, masalan, turar joy bölayotgan bölsa, qança xonadonli, genplanda nima berilgan, har bittasi böyiça ma’lumotnoma qilib çiqiladi. Negativ emas, bor holati böyiça. Har bittasini oçib qarasangiz, raqamlar katta-kiçik, har xil sifatdagi loyihalar yuklangani uçun har bittasining ma’lumoti qilib çiqiladi. Deylik 60 ta, 70 ta. Mana Toşkent şahri endi katta bölgani uçun kamida 70 ta obekt köriladi. Endi tasavvur qiling, agar bir haftani biz har kuni yiğaversak komissiyani, biz iş qilmaymizmi?” – dedi u.
Rasmiyning qöşimça qilişiça, aynan arxitektura-rejalaştiriş topşiriği işlab çiqişda izoh qoldiriş qismini olib taşlaş taklifi körib çiqilmoqda. Mas’ul bundan keyin loyiha-smeta hujjatini kelişiş jarayonida ham kerakli nuqtalar hal qilinişini, izoh qoldiriş qismiga ehtiyoj yöqligini ta’kidladi.
Bittada körib çiqilişi, ogohlantirişlar bittada berilişi kerak – ekspert
Quriliş sohasida mutaxassis Abdulaziz Obidovning aytişiça, maxsus komissiya loyihalarni körib çiqişda kamçiliklar haqida birdaniga ogohlantirişlar bermaydi. Ba’zida hujjatlar 7-8-martada ham qayta körib çiqilişi, bu ham vaqt olişi qayd etildi.
“Bitta, bitta qöşimça. Misol uçun, birinçi marta murojaat qildi, siz, deylik, beşta “zameçaniye” yozib berdingiz. Xöp. Uni hammasini töğrilabdi-da, ikkinçi marta murojaat qildi-da, endi oltinçi, yettinçi, sakkizinçi “zameçaniye” yozib berasiz. Bu narsa qaror böyiça mumkin emas. Bittada körib çiqilişi kerak, bittada “zameçaniye”lar yozib berilişi kerak”, – dedi Obidov.
Aziz Xudoynazarov bu e’tirozga javoban loyihalarning har bir kamçiligi yuzasidan komissiyaning barça a’zosi bilan gaplaşilayotganini, şu asosda hal qilinyotganini aytdi.
Ammo hammasi ham resurs, vaqt yetişmovçiligi sabab körilmayotgani qöşimça qilindi.
“Kiçkinagina bir dökonça bölsa ham, şunday bittada körib, uni qilsa böladi. Katta-katta massivlarning loyihalari keladi-da. Katta-katta gipermarketlar, katta-katta Cityga öxşagan loyihalar keladi, uni körib çiqiş uçun kölamini ham hisoblasangiz, töğrisi, bizga unaqa vaqt kamlik qiladi”, – dedi Xudoynazarov.
Ma’lumotlarga köra, ayni muammoga yeçim sifatida komissiya a’zolarini ham masofaviy şaklda işlaşga ötkaziş rejasi bor.
“Masofaviy ham körib çiqadi va, masalan, deylik men özimning yönalişim böyiça kördim, menda e’tiroz bölmadi. Qolgan boşqa xizmatdan bittasi, qaysidirda e’tiroz böldi. Yo “pojarniy”, yo SES, yo ekologiya, yo boşqa-boşqa yoki mening özimdan e’tiroz böldi. Keyingi safar öşa “zameçaniye” loyihaçiga boradi, loyihaçi körib çiqqandan keyin öşa “zameçaniye”ni töğrilaydi. Öşa, keyingi safar masalan men “böladi” deb knopkani bosib bersam, qolgan bittasida, deylik, 20 tadan bittasida salbiy bölsa, faqat şuning öziga borib tuşadi”, – dedi rasmiy.
Endi ruxsatnomani tadbirkorning özi şakllantirib oladi – Quriliş vazirligi
Ma’lumotlarga köra, Toşkent şahar böyiça “Şaffof quriliş” tizimi yaratilgandan beri 22 289 ta loyiha uçun ariza kelib tuşgan. Şundan 5 559 tasiga ijobiy xulosa berilgan, qolganiga rad javobi berilgan. 2 300 ta ariza murojaat qiluvçining özi tomonidan bekor qilingan.
Tizimga mas’ul xodim Eldor Siddiqovning aytişiça, asossiz rad etişlarni bartaraf etiş uçun qurilişga ruxsat olişgaça bölgan 3 ta bosqiçni birlaştirib, ruxsatnomani şakllantirişning elektron tizimi işlab çiqilmoqda.
“Rekonstruksiyaga ruxsatnoma beriş, arxitektura-rejalaştiriş topşiriğini işlab çiqiş va kengaş — mana şu uçta hujjat bitta taşkilot tomonidan beriladigan hujjatlar. Ketma-ketligi bor, faqat. Mana şu uçta hujjatni hozir Boş prokuratura bilan birga işlayapmiz. Uni bitta hujjatga birlaştirgan holda, inson omilisiz beriş böyiça bizda dasturiy ta’minot işlab çiqqanmiz, bir neça bor testdan ötkazdik. Bu işladi, özimizda içki testda.
Endi hozir Boş prokuratura bilan birgalikda reglamenti, qaror loyihasi ustida işlayapmiz. Mana şu qaror loyihamiz çiqqandan keyin, bu işga tuşadi. Birinçi örinda rejalaştirganmiz, Qarşi va Nukus şaharlarida buni işga tuşiramiz, olti oy mobaynida eksperiment ötkazamiz. Eksperimentdan keyin barça hududda işga tuşiramiz”, – dedi Siddiqov.
Uning tuşuntirişiça, endi tadbirkorlar loyihani kengaşga yuborib, olti, sakkiz kun kutmaydi. Özlariga özlari ruxsatnomani şakllantirib olişadi.
“Öşa joyda tizimga kirasiz, kadastr hujjatingizni tanlaysiz, sizga tizim özi bir neçta savollar beradi, bosqiçma-bosqiç, murakkab bölmagan holda, xuddiki kompyuterda etapli öyin öynaysiz-ku, xuddi öyin öynagandek. Tizim siz özingiz nima qurmoqçiligingizni sizdan sörab oladi. Sörab olgandan keyin, siz qurmoqçi bölgan binoyingizni raqamli boş rejaga soliştiriladi. Ruxsat bölsa, öşa joyda “mana” deb, aniq raqamlar bilan ruxsatnoma çiqarib beriladi: siz şunça qurmoqçisiz, şunça qavat, şunça umumiy maydon, şunça quriliş maydoni yaratyapsiz va bunga siz avtostoyanka şunça qilişingiz kerak, bolalar maydonçasi bölişi kerak, agar ijtimoiy bino bölsa, obektlar turidan kelib çiqib, keyin yaşil hudud şunça bölişi kerak, degan aniq talablarni qöyib beradi.
Mana şu talablar asosida siz qurmoqçi bölayotgan bino yoki binolarning, obektning korobka şaklidagi modelini ham yasab beradi. Siz öşaning işçi loyihasini işlab çiqib, töğridan-töğri ekspertizaga topşirasiz. Ya’ni, kengaş yöq. Sizga talablar aniq beryapmiz. Ekspertizada öşa talabga asosan tekşiriladi. Öşa talabga asosan tekşirişni ham bu kompyuter tekşiradi. Siz 3D modelni yuklaysiz. Yuklaganingizda yeringizning joylaşuvi mos kelişi köriladi.
Hozir bu texnologiya dunyoda yangilik emas. Bir neçta davlatda bor. Sun’iy intellekt emas, bu aniq algoritm, xolos. Butun dunyoda köp joylarda işlatilyapti”, – dedi Siddiqov.
Uning ta’kidlaşiça, hozirda asosan katta hududlarning boş rejasi raqamli qilinmoqda. Butun Özbekistonning boş rejasi raqamli körinişga ötkazilib, tizimga GIS formatda joylaştirilişi kutilmoqda. Şundan keyin yuqoridagi tizimga integratsiya qilinib, talablarni soliştiriş raqamlaştiriladi. Bu tizim 90 foiz töğri işlaşi aytildi.
Şuningdek, suhbatda boş rejaga muvofiq qurilişlarni olib boriş masalasida ham fikrlar bildirildi. Töliq videoni yuqoridagi havola orqali tomoşa qilişingiz mumkin.